Nikolo Skira: "Jenoa" SHomurodovning o'rniga boshqa hujumchi bilan kelishdi
10 iyu 2021 00:34
Yangiliklar
Nikolo Skira: "Jenoa" SHomurodovning o'rniga boshqa hujumchi bilan kelishdi
Kievning "Dinamo"si forvardi Vladislav Supryaga "Jenoa"ga o'tadi.
Oldinroq jurnalist Nikolo Skira "Jenoa" forvardi Eldor SHomurodov 14 mln evro evaziga "Roma"ga o'tishini, ayni damda genuyaliklar uning o'rniga boshqa forvard izlayotganini malum qilgandi. Insayderning malum qilishicha, Supryaga yaqin vaqtlar ichida klub bilan 2026 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolaydi va katta ehtimol bilan aynan SHomurodovning o'rnida o'ynaydi.
O'tgan mavsumda 21 yoshli Supryaga "Dinamo" tarkibida 31 o'yinda qatnashib, 3 gol va 5 assist qayd etgandi.
Fikrlar