So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  1 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  7 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  1 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  24 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  11 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  2

Nikolay Curkan: "O'zbekistonda futbolchilarni terma jamoaga tayyorlash ustuvor vazifa" Yangiliklar

Nikolay Curkan: "O'zbekistonda futbolchilarni terma jamoaga tayyorlash ustuvor vazifa"

30 yoshli moldovalik murabbiy Nikolay Curkan o'z vaqtida O'zbekistonda "Bunyodkor" akademiyasida ishlagan. U Moldfootball.com nashri vakili bilan suhbatda O'zbekistondagi faoliyati haqida gapirib berdi.
- O'zbekiston va Moldova o'rtasidagi asosiy farqlar qanday?
- O'zbekistonda futbolni juda sevishar ekan. Agar Toshkentni olsak, u erda juda ko'p maydonlar bor. SHaharda taxminan 20ta maktab bor, har bir yosh toifasida ikkita liga bor. U erda kichkina suniy maydonlar ko'p, ertalabdan kechgacha futbol o'ynashadi. Stadionlarga odam doim ko'p keladi. Bekorga O'zbekiston JCH-2018ga chiqmoqchi emas, ularda yaxshi imkoniyat bor. U erda bolalar-o'smirlar futboliga ahamiyat katta. Katta futbolga o'tish asta sekinlik bilan o'tadi. Agar bizda o'rinbosarlar safida 16-17 yoshlar o'ynashsa, u erda 20-21 yoshli yigitlar to'p tepishadi. O'zbekistonda yoshlar obdon sinovdan o'tkaziladi, keyin asosiy tarkibga qo'shilishadi.
 
Terma jamoada tizim ajoyib. Barcha klublar O'zbekiston futbol Federaciyasiga bo'ysunishadi. Futbolchilarni milliy terma jamoaga tayyorlash ustuvor vazifa hisoblanadi. Men jamoani qabul qilib olganimda yoshlar ligasida chempion bo'lish yaxshi, lekin klubdan yoshlar terma jamoalariga qancha ko'p o'yinchi olinsa shuncha yaxshiligini aytishdi.  
 
O'sha paytda terma jamoa ustozi doim o'yinlarga kelib turardi, biz bilan suhbatlashib turardi. U erda jiddiy musobaqaga 10 oy qolganida tayyorgarlik boshlanadi. Har oyda ikki-uch hafta yig'in bo'ladi.
 
O'zbekistonda yosh futbolchilarni topish osonroq, u erda qobiliyatli futbolchilar ko'plab topiladi. Moldovada esa yaxshi futbolchini qidirish kerak.

- Nima uchun O'zbekistonni tark etdingiz?

- U erda shartnomam tugaganida Moldovada UEFA licenziyasi uchun o'qish boshlandi. Vatanimga qaytib "A" licenziyasi uchun bir yil o'qishim kerak edi. Osiyo licenziyasini ololmasdim, sababi ularning "A" licenziyasi Evropada amal qilmaydi.



Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика