Nikolas Gaytanning navbatdagi jamoasi malum
05 dek 2019 15:52
Yangiliklar


Nikolas Gaytanning navbatdagi jamoasi malum
"Boka Xuniors" prezidenti Kristian Gribuado xavbek Nikolas Gaytanning jamoaga qaytishini malum qildi.
"Men bizning tarbiyalanuvchimiz va "Boka Xuniors" DNK siga ega bo'lgan Niko Gaytan bilan kelishuvga erishganimizni tasdiqlamoqchiman.
Mamnuniyat bilan u yanvardan jamoamiz futbolchisi bo'lishini aytmoqchiman", - deydi Gribaudo.
31 yoshli Gaytan "Boka Xuniors"ni 2010 yilning yozida tark etgan edi. U "Benfika"dan 2016 yilda "Atletiko"ga o'tgan. Madriddagi ikki mavsumdan so'ng Xitoyning "Dalyan Ifan" va AQSHning "CHikago Fayr" jamoalarida o'ynagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar