Nikolas Gaytanning navbatdagi jamoasi ma'lum

Alisher
5 dek 2019, 15:52
"Boka Xuniors" prezidenti Kristian Gribuado xavbek Nikolas Gaytanning jamoaga qaytishini ma'lum qildi.

"Men bizning tarbiyalanuvchimiz va "Boka Xuniors" DNK siga ega bo'lgan Niko Gaytan bilan kelishuvga erishganimizni tasdiqlamoqchiman.

Mamnuniyat bilan u yanvardan jamoamiz futbolchisi bo'lishini aytmoqchiman", - deydi Gribaudo.

31 yoshli Gaytan "Boka Xuniors"ni 2010 yilning yozida tark etgan edi. U "Benfika"dan 2016 yilda "Atletiko"ga o'tgan. Madriddagi ikki mavsumdan so'ng Xitoyning "Dalyan Ifan" va AQSHning "Chikago Fayr" jamoalarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: TyC Sports