So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Nikola Valentich: “Qo'qonlik futbol muxlislaridek fidoiy ishqibozlar juda kam” Yangiliklar

Nikola Valentich: “Qo'qonlik futbol muxlislaridek fidoiy ishqibozlar juda kam”

O'tgan mavsumda “Qo'qon-1912” jamoasida o'ynagan serbiyalik himoyachi Nikola Valentich bu yilgi mavsum arafasida tibbiy-ko'rikdan o'ta olmagach, ortga qaytib ketganidan xabaringiz bor.

Yaqinda Nikola bilan ijtimoiy tarmoq orqali qisqacha suhbatda bo'ldik.

- Salom, Nikola ayni damda nimalar bilan bandsiz?
- Salom, ayni damda hech qaysi jamoada o'ynamayapman. Hozir oilam davrasidaman

- O'tgan mavsumda “Qo'qon-1912” jamoasi to'p surgandingiz. Aytish joizki, qisqa fursat ichida qo'qonlik muxlislarning mehrini qozondingiz. Sobiq jamoangiz o'yinlarni kuzatib boryapsizmi?
- Albatta. “Qo'qon-1912”ning o'yini kuzatib borishga harakat qilaman. Aytishim joizki, “Qo'qon-1912” klubining ishqiboziga aylandim. Qo'qonliklar mavsumni yuqori darajada boshlashgandi. Bundan juda xursand bo'ldim. Lekin ikkinchi davrada nimagadir natijalar pasaydi. O'ylaymanki, mavsumning qolgan o'yinlarida qo'qonliklar muvaffaqiyatli ishtirok etishadi.


- Ayni damda Qo'qonda ikki nafar hamyurtingiz – Darko Gojkovich va Filip Rayevaclar to'p surishmoqda. Ular bilan gaplashib turasizmi?
- Darko bilan ham, Filip bilan ham tez-tez qo'ng'iroqlashib turamiz. Darko jamoa bu yil ancha kuchayganini to'lqinlanib gapiradi. Filip ham “Qo'qon-1912” klubi ancha shakllanib qolganini takidlaydi. Har ikki yurtdoshim ham Qo'qonda baxtli ekanligi ko'rinib turibdi.

- O'tgan mavsumda “Qo'qon-1912”dagi o'yinlaringiz orqali o'zbekistonlik muxlis va mutaxassislarda yaxshi taassurot qoldirgan edingiz. Sizga O'zbekiston klubilaridan yana taklif bo'lsa, bunga qanday javob bergan bo'lardingiz?
- Ochig'ini aytish kerak, yurtingiz menga juda yoqdi. SHu bois taklif bo'lsa uni rad eta olmasam kerak. Bundan tashqari, mamlakatingizda ko'plab vatandoshlarim to'p surishadi.

- Qo'qonlik futbol muxlislarini sog'inib qolgan bo'lsangiz kerak.
-  Bo'lmasam-chi, Qo'qonda futbolni juda yaxshi ko'rishadi. Hatto mashg'ulotlar jarayonini tomosha qilgani stadionga ko'plab muxlislarning kelishadi. Bunday holat hamma joyda ham kuzatilavermaydi. Qo'qonlik futbol muxlislaridek fidoiy ishqibozlar har doim ham topilavermaydi.  Ular bilan faqat faxrlanish mumkin.

Abror Dehqonov suhbatlashdi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика