So’nggi yangiliklar

15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   3 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  3 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  7 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   2 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  4 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  11 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  14 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1

Nikola Valentich: “Qo'qonda uzoq muddat faoliyat olib bormoqchiman” Yangiliklar

Nikola Valentich: “Qo'qonda uzoq muddat faoliyat olib bormoqchiman”

Ikkinchi davraga jiddiy hozirlik ko'rayotgan “Qo'qon-1912” jamoasi o'z safiga Serbiya Respublikasidan ikki nafar legioner futbolchini qo'shib olish arafasida turibdi.

Qo'qon futboli tarixidagi ilk xorijlik futbolchilarning dastlabki taassurotlari haqida suhbat qildik. Dastlab savollarimizga Nikola Valentich javob berdi.

– Nikola O'zbekistonga ilk marta kelishingiz, dastlabki taassurotlaringiz qanday?


– Avvalo bizni O'zbekistonga taklif qilishgani uchun “Qo'qon-1912” jamoasi rahbariyati va bosh murabbiyga katta minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ha, bu O'zbekistonga ilk tashrifim. Bizni jamoa vakllari juda iliq qarshi olishdi. Toshkent shahrini biroz tomosha qilishga ulgurdik. Toshkent men o'ylagandan ham go'zal shahar ekan.

Jamoa azolari bilan tanishishni boshladik. Mashg'ulotlarda va o'rtoqlik o'yinida ishtirok etdik. Jamoa futbolchilari yaxshi taassurot qoldirishmoqda. Futbolchilar jismonan baqquvat va tez ekanlar.

– Nima uchun O'zbekistonni tanladingiz?

– Menda boshqa variantlar ham bor edi. Maqsadim faqat futbol o'ynashgina emas, futbolchi sifatida yanada o'sish. O'zbekistonda o'zimni ko'rsatishim uchun barcha imkoniyatlar bor. Bu erda futbol kundan-kunga rivojlanib borayotganini kuzatish mumkin. Jamoaga yordamim tegishini va “Qo'qon-1912” jamoasini yuqori o'rinlar uchun kurashadigan jamoa bo'lishiga munosib hissamni qo'shish niyatida tashrif buyurdim.

– Jamoa rahbarlari bilan uchrashdingizmi? Qancha muddatga shartnoma imzolamoqchisiz?


– Jamoa rahbari va bosh murabbiy bilan gaplashdik. Ular har ikkalari ham ajoyib insonlar. Suhbatlashganimizda bu erga kelib xato qilmaganimizni tushundim. SHartnoma masalasiga kelsak bu albatta har ikki tomon uchun ham manfaatli bo'lmog'i darkor. Hozircha o'yinimiz maqul kelsa yana uzaytirish sharti bilan, mavsum so'nggiga qadar shartnoma taklif qilishdi. Bizga taklif qilishgan shartlar bizni qoniqtirdi. Asosiysi qo'qonlik muxlislarga yoqishimiz kerak deb o'ylayman. Biz albatta Qo'qonda uzoqroq muddat to'p surishni istaymiz. Agar jamoada o'zimizni har tomonlama ko'rsatsak albatta yanagi yil ham shu jamoada to'p surishimizni barcha istaydi.

– Barcha Qo'qonlik muxlislar nomidan xush kelibsiz deyman va omad tilayman . Suhbatingiz uchun rahmat.


  Akramjon Mamadaliev suhbatlashdi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика