Nikola Lazarevich: "O'zbekiston kubogi musobaqasida faqat g'oliblikni maqsad qilganmiz"
06 apr 2022 20:50
Yangiliklar


Nikola Lazarevich: "O'zbekiston kubogi musobaqasida faqat g'oliblikni maqsad qilganmiz"
O'zbekiston kubogi musobaqasining guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Navbahor" (0:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O'yin haqida
- Bugun kuchli raqib bilan o'ynadik. "Navbahor" nomdor jamoa va tarkibida mahoratli futbolchilar jam bo'lgan. Qiyin o'yin bo'ldi. Vaziyatlar yaratdik, lekin foydalana olmadik. "Navbahor"ni g'alaba bilan tabriklayman.
- Ayni damda Qizilqum" Superligada peshqadamlik qilmoqda. Lekin bugun jamoaning o'yini u qadar chiqmadi. Buni qanday izohlaysiz?
- To'g'ri, bugun yutqazdik. Aytib o'tganimdek, "Navbahor" oddiy jamoa emas. Ular bugun juda kuchli o'yin namoyish etishdi. O'z imkoniyatlarimizdan foydalana olmay mag'lubiyatga uchradik. Xato va kamchiliklar ustida ishlashda davom etamiz.
- Kubok musobaqasidagi maqsad qanday?
- O'zbekiston kubogi musobaqasida faqat va faqat g'oliblikni maqsad qilganmiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar