Niko Kovach: "Kechagi o'yin futbolimiz reklamasiga aylandi"
13 dek 2018 14:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/466935_original.jpg)
![](/upload/storage/466935_220.jpg)
Niko Kovach: "Kechagi o'yin futbolimiz reklamasiga aylandi"
"Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach "Ayaks"ga (3:3) qarshi o'yindan keyin ECHL guruh bosqichi yakunlari haqida fikr bildirdi.
"Sensacion o'yin guvohiga aylandik. Stadionga tashrif buyurgan muxlislar kelishganiga umuman pushaymon bo'lishmadi. Har ikkala jamoa yuksak iroda namoyish etdi. Jamoamiz 1:2 hisobida orqada borayotganda ham muvozanatni tiklashga erishdi. Bu o'yin bizning futbolning reklamasiga aylandi. Uchrashuv taqdirini ancha avval hal etishimiz mumkin edi. Yakunda baribir guruhni peshqadam sifatida tugatdik. Maqsadga erishdik.
"Ayaks" bilan ikki bor durang qayd etdik. Jamoamiz raqibning qarshi hujumlarini o'tkazib yubordi. Umuman "Ayaks" haqida juda iliq fikrlarni aytish mumkin. Juda kuchli jamoa shakllanmoqda.
Guruh bosqichidagi ishtirokdan ko'nglim to'ldi. Endi intizorlik bilan pley-off bosqichini kutamiz", - dedi Niko Kovach.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar