Niklas Bendtner faoliyatini yakunlaganini elon qildi
03 iyu 2021 16:16
Yangiliklar
Niklas Bendtner faoliyatini yakunlaganini elon qildi
Londonning "Arsenal" klubi va Daniya terma jamoasi sobiq hujumchisi Niklas Bendtner faoliyatini yakunlaganini tasdiqladi.
Uning so'nggi jamoasi "Kopengagen" bo'lgan edi va u klubni 2020 yilning yanvarida tark etgan edi.
"Men bu ishning oxiri borligini bilaman. Menimcha, barchasi tugaganini tushunish uchun menga ko'p vaqt talab qilinadi. Endi futbol menga bergandek nimadir bera oladigan narsa bilan shug'ullanishim kerak. U hayotimning katta qismida bo'ldi va ketishni istamayman. SHu sabab murabbiylik talimini olmoqdaman", - deydi Bendtner.
33 yoshli Bendtner Daniya terma jamoasi libosida 81ta o'yinda maydonga tushib, 30ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar