Tanqidlarga uchragan Zyule tatil paytida 10 kg vazn tashladi
11 iyu 00:57
Yangiliklar
Tanqidlarga uchragan Zyule tatil paytida 10 kg vazn tashladi
"Borussiya Dortmund" himoyachisi Niklas Zyule yozgi tanaffus paytida 10 kg ortiqcha vazndan qutildi. Bu haqida Sky Sport nashri malum qildi. "Borussiya" bugungi mashg'ulotlaridan olingan suratlarda Zyule rostdan ham yaxshi formaga kirib olganini ko'rish mumkin.
O'tgan mavsum oxirlarida Niklas Zyule anchagina ortiqcha vazn to'plagani ko'rinib qolgandi. Yozgi tatilga chiqishidan oldin Zyule va klub murabbiylari o'rtasida jiddiy suhbat bo'lib o'tgan. U erda agarda himoyachi o'zining jismoniy holatini tartibga keltirmasa, buning jiddiy oqibatlari bo'lishi mumkinligi haqida so'z borgan.
Zyule jamoa tatilga chiqqan payti o'zining shaxsiy murabbiylari bilan shug'ullandi. Futbolchi muntazam mashqlar va dieta yordamida anchagina ortiqcha vazndan halos bo'lgan.
Fikrlar