So’nggi yangiliklar

19:00Суперлига. "Андижон" — "Қўқон-1912" 0:0 (матнли трансляция)  5 18:56Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм". Таркиблар маълум  1 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  0 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4

Nikita Ribkin: Hozir yuragimga Qo'qon-1912 yaqinroq Yangiliklar

Nikita Ribkin: Hozir yuragimga Qo'qon-1912 yaqinroq

Kecha o'tkazilgan "Lokomotiv" - "Mashal" (1:1) o'yini bilan oliy ligada 16-tur uchrashuvlariga yakun yasaldi.

Biz ikkinchi davraning ilk tur o'yinlari boshlanishi oldidan mavsum kashfiyotlaridan biri "Qo'qon-1912" jamoasi darvozaboni Nikita Ribkindan intervyu oldik. 

- Nikita, birinchi davra o'yinlari kutilmagan natijalarga boy bo'lishini kutganmidingiz?

- Ha, chempionatda syurprizlarning keti uzilmayapti. Demak, ikkinchi davra o'yinlarida ham shunday noodatiy holatlarga tayyor turishimiz kerak. Ochig'i, mavsum boshida bunaqasini o'ylab ham ko'rgan emasdim. Bunyodkor va Paxtakor jamoalariga qarang - ular birinchi davraning o'zida avvallari butun mavsum davomida boy beradiganlaridan ham ko'proq ochko yo'qotishdi. Faqat grandlar emas, sovrinli o'rinlarga davogar jamoalarda ham shu holat. Lekin chempionatimiz aynan shunisi bilan kuchli qiziqish uyg'otmoqda.

- Xo'sh, shaxsan o'zingiz Qo'qon-1912ni bosh kashfiyot sifatida ko'rsata olasizmi?

- Xulosa chiqarishga hali erta. Turnir jadvaliga etibor qaratsangiz, jamoalar joylashuvi juda zich. Yani ishtirokchilarni bir yoki ikki ochko ajratib turibdi. Demakki, bitta tur natijalari turnir jadvalini keskin o'zgartirib yuborishi hech gap emas. Bordiyu, biror klub ketma-ket 2ta o'yinda ochko ololmasami, jadvaldagi mavqesini boy beradi-qo'yadi.


- Qo'qon-1912ning muvaffaqiyatli ishtirokini avvalo, qaysi asos bilan izohlaysiz?

- Takror aytaman, ayni holatda qandaydir muvaffaqiyat haqida gapirishga erta. Hozirgi natijalarimizga kelsak, shunchaki, murabbiylar ko'rsatmalarini sifatli bajaryapmiz.

- Bosh murabbiyning asosiy talabi nima - hujumkor futbolmi?

- Xuddi shunday. Lekin har doim ham hujumkorlikka tayanish to'g'ri kelmaydi. No'mon Hasanov futbolchilik davrida hujumkor yarim himoyachi sifatida to'p surgan va bizdan ham shunday o'ynashni so'ramoqda. Lekin taktika raqibga qarab tanlanadi, albatta. Murabbiy ko'rsatmalarini bexato bajarayotganimiz isboti shuki, birinchi davrada faqat Olmaliq darvozasini ishg'ol qilolmadik. Qolgan barcha o'yinlarda kamida 1ta gol urdik.

- Mavsum boshlanishi oldidan jamoa oldiga qo'yilgan vazifa o'zgarmadimi? Harqalay, hozirgi holatda sovrindorlar safida qolish uchun yaxshigina imkoniyatga egasizlar...


- Ha, shunday. Xullas, eng oliy maqsadlar sari intilishimiz aniq.

- Bu maqsad OCHL yo'llanmasini yutishmi yoki...?

- Har bir jamoa xalqaro arenaga chiqishni xohlaydi, shu jumladan, biz ham.

- Faoliyatingizning kattagina qismi Paxtakorda o'tdi va bu klub yuragingizga ancha yaqin bo'lsa kerak. Qachonlardir uyga qaytish rejangiz bormi?

- Oxirgi oylarda Paxtakor katta islohotlarni amalga oshirdi. Aniqrog'i, klubda  deyarli hamma narsa o'zgardi. Qo'qon-1912 esa faoliyatimdagi uchinchi klub hisoblanadi va qariyb bir yildan buyon uning sharafini himoya qilyapman. Ochig'i, ayni payt menga Paxtakordan ko'ra, Qo'qon-1912 yaqinroq.


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Manba: "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика