So’nggi yangiliklar

02:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, мадридликлар ўйинни бир киши кам бўлиб тугатишди  12 01:10Февзи Давлетов: "Ўйинга тузган режамиз иш берди, аммо бироз реализация етишмади"  1 01:01Виталий Левченко: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак"  8 00:55Ҳаким Фузайлов: "Шундай юқори талаблар орқали ўзбек футболи тартибланиб боради"  1 00:10"Барселона" Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  2 23:37Вадим Абрамов: "Бу ташкилотнинг ички иши, ушбу ишларни сизлар муҳокама қилиш ва ёзишларингиз керак"  1 23:27Сергей Лушчан: "Биринчи бўлимда деярли юз фоизлик вазият бўлди, аммо..."  3 23:17Рўзиқул Бердиев: "Бундай ўйинларда кўп вазиятлар яратилмайди"  9 22:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" "Окленд Сити"ни "кўмиб қўйди". Германия чемпионлари Янги Зеландия жамоасига жавобсиз 10 та гол урди  29 22:33Жака итальян грандига ўтадими?  0 21:59Суперлига. "Насаф" Чераннинг пенальтидан урган голи эвазига "Навбаҳор"ни мағлуб этди  175 21:55Суперлига. "Динамо" "Хоразм" билан камбэк амалга ошириб, мағлубиятсиз сериясини давом эттирди  26 21:53Суперлига. Термиздаги баҳсда "Нефтчи" "Сурхон"ни мағлуб эта олмади  31 21:47"Наполи" "Ал Насср" юлдузига қизиқмоқда  0 21:12"Рома" Шомуродовни сотишга тайёр, унга даъвогар ҳам бор  40

Nikita Ribkin: Bir oylik mashg'ulotimga 70 evro to'lashardi Yangiliklar

Nikita Ribkin: Bir oylik mashg'ulotimga 70 evro to'lashardi

Paxtakor o'rinbosarlari akalaridan farqli ravishda joriy mavsum kumush medallariga ega chiqishdi.

Yoshlar ligasida ancha payt peshqadamlik qilgan sherlar yakunda asosiy raqib Bunyodkorni o'tkazib yuborishdi. O'z maydonidagi kutilmagan mag'lubiyat va ochko yo'qotishlar Paxtakor o'rinbosarlariga qimmatga tushdi. Biz jamoa darvozaboni Nikita Ribkindan shu mavzuda intervyu oldik.

- Mavsumning yakuniy qismini omadsiz tugatdinglar. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Menimcha, buning bir nechta sabablari bor. Bilasiz, Paxtakor jamoasining aksariyat futbolchilari o'smirlar va yoshlar terma jamoalariga nomzod hisoblanishadi. Ayrim o'yinlarda tarkibning asosiy futbolchilari xizmatidan foydalana olmadik. Muborakda Mashal yoshlariga imkoniyat boy berilgach, oltin medalni qo'ldan chiqarishimiz deyarli oydinlashib qoldi. Mashal o'rinbosarlari bilan bahsni aslida yomon boshlamagan edik. O'yin asosan maydon markazida kechdi. Omad ko'proq muboraklik futbolchilarga kulib boqdi. SHunga qaramay, asosiy tarkib bilan O'zbekiston chempioni bo'ldim. Bundan juda ham xursandman. Jamoamiz haqiqiy matonat va iroda ko'rsatib, yakunda chempionlikni rasmiylashtirdi. Bu yilgi mavsum avvalgisidan ancha qiziqarli kechdi. Ayniqsa, Qarshida Nasaf bilan bo'lib o'tgan o'yinni alohida aytish joiz. Ushbu uchrashuv chempionlik masalasini hal qilib berdi. O'sha kuni jamoamiz haqiqiy chempionlarga xos o'yin namoyish etdi. Keyin omad ham biroz bo'lsada bizga kulib boqdi, deb o'ylayman. Ikki bor to'p darvozamiz to'sinidan qaytdi.



- Dam olish qanday o'tyapti?

- Alo darajada. 20 dekabrga qadar tatilga chiqqanmiz. Dekabr oyining uchinchi o'n kunligidan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaymiz. Jamoamiz OCHLning guruh bosqichida ishtirok etadi. O'zbekistonda chempionlik unvonini himoya qilishimiz kerak. Tabiiyki, bizni oldinda murakkab va qiyin kechishi kutilayotgan mavsum kutib turibdi.

- Darvozabonlardan kumiringiz bormi?

- Iker Kasilyasning o'yinlariga havas qilaman.

- Paxtakorga kelguningizga qadar CHilonzor jamoasida o'ynagansiz. Keyin esa Germaniyaga jo'nab ketdingiz. Bunga nima sabab bo'lgandi?

- 2005 yilgi mavsumni Paxtakorda boshlaganman. O'sha yilning yozida oila azolarim bilan birga Germaniyaga jo'nab ketganman. Berlin shahridan 70 km. uzoqlikda joylashgan mo'jazgina Brandenburg shahriga ko'chib o'tganmiz. Ushbu shaharning BSC SD 05 nomli klubi safiga borib qo'shildim. Meni Brandenburg chempionatining yoshlar ligasida ishtirok etuvchi jamoada ro'yxatdan o'tkazishdi. Lekin ota-onam ushbu klub tarkibida mashg'ulot o'tkazishim uchun oyiga 70 evro to'lashardi. 2005 yilning qishida jamoam bilan birga turnirda ishtirok etdik. Turnir mini-futbol maydonchasida o'tkazildi. Suniy qoplamali maydonlarda o'tkazilgan musobaqada ko'plab jamoalar ishtirok etdilar. Jamoamiz joy olgan guruhda 4ta klub bo'lib, ulardan biri Volfsburg edi. Biz bu jamoani 2:1 hisobida mag'lub etgandik. 2006 yilning fevral oyida bir yo'la 3ta klubdan taklif oldim. Kotbus, Gerta va Nyurnberg jamoalari meni o'z tarkiblariga chorlashdi. Avvaliga men Nyurnberg jamoasi safiga borib qo'shildim. Meni klub mamuri kutib oldi. O'sha kunning o'zida mashg'ulot, ketidan ikki tarkibga bo'lingan holda nazorat uchrashuvi o'tkazdik. Ertasi kuni yana jamoa bilan birga mashg'ulotda ishtirok etdim. SHundan so'ng murabbiylar menga bahorda yana bog'lanamiz, hozir esa ketaverishing mumkin, deyishdi. Men jamoa murabbiylariga yoqmadim shekilli, deb o'ylab, ortga qaytdim. Keyin Berlinning Gerta klubiga bordim. U erda bir oyga yaqin vaqt mobaynida o'smirlar (U-15) jamoasi bilan mashg'ulot o'tkazdim. Lekin o'yinlarga qo'yishmadi. Aniq bir narsa ham deyishmadi. Bu orada menga yana Nyurnberg klubi mamuri qo'ng'iroq qilib, murabbiylar chaqirishayotganini aytdi. Bir kun mashg'ulotda qatnashib, ertasi kuni o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdim. Eng qizig'i, o'rtoqlik o'yinimiz Berlinning Gerta jamoasiga qarshi bo'lib o'tdi. Bu uchrashuvda jamoamiz 2:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yinning ertasi kuni yana mashg'ulotda qatnashdik. Uni asosiy tarkib darvozabonlar murabbiyi Adam Matisekning o'zi o'tkazdi. Mashg'ulotdan so'ng men bilan shartnoma imzolanishini aytishdi. O'sha mashg'ulotda qatnashgan uchchala darvozabonning yoshi ham teng edi. Ular orasidan meni tanlab olishdi. Men uyga qaytib ketdim va ikki oydan keyin Nyurnbergga kelib, jamoa bilan shartnoma imzoladim.



- SHartnoma qancha muddatga imzolangandi?

- Kelishuv 2009 yilning 1 fevraligacha imzolangandi. SHartnomam yakunlanguniga qadar Nyurnberg yoshlar jamoasi sharafini himoya qildim. Keyin esa yana Paxtakor jamoasiga qaytdim. 2009 yilning 5 fevralidan to shu kungacha Paxtakor safida o'ynab kelyapman.

- Demak, Germaniya chempionatiga hozir ham befarq emassiz?

- Bilasizmi, men o'zi azaldan Madridning Real klubiga muxlislik qilaman. Lekin sevimli futbolchim Iker Kasilyas Madrid jamoasini tark etgach, ortiq qirollik klubiga muxlislik qilmay qo'ydim. Hozir Myunxenning Bavariya klubi o'yinlariga befarq emasman.

- Oliy ligadagi debyut o'yiningiz yodingizdami?

- Albatta. 2011 yilgi mavsumda Jizzaxning So'g'diyona jamoasiga qarshi uchrashuvda bo'lgandi. O'sha o'yinda jamoamiz 2:1 hisobida zafar quchgandi. Qiziq tomoni, o'rinbosarlar tarkibidagi ilk o'yinim ham aynan So'g'diyona o'rinbosarlariga qarshi uchrashuvga to'g'ri keladi. Faqat bu 2009 yili bo'lgandi. O'xshash tomoni o'rinbosarlar o'rtasidagi o'yinda ham 2:1 hisobida g'alaba qozonganmiz.

- Germaniyada birga o'ynagan futbolchilaringiz orasidan hozir kimlar asosiy tarkibda to'p suryapti?

- Marvin Plattenxard bugungi kunda Berlinning Gerta klubida chap qanot himoyachisi. Marko Rapp Groyter Fyurt jamoasida o'ynayapti. Bu ikki futbolchi bilan Nyurnberg jamoasida o'ynaganman. O'z vaqtida Mark Andre ter SHtegen bilan ham birga to'p surganmiz. Bu darvozabon hozir Barselonada.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика