So’nggi yangiliklar

15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  1 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  4 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  2 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  1 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  4

Nikimbaev: "Usmonovning obro'si O'FFni mahalliy rahbarlarning aralashuvidan saqlagan" Yangiliklar

Nikimbaev: "Usmonovning obro'si O'FFni mahalliy rahbarlarning aralashuvidan saqlagan"

Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o'z Telegram kanalida bugun, 15 mart kuni olamdan ko'z yumgan O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol federaciyasining sobiq prezidenti Mirabror Usmonov haqida post qoldirdi.

"Bugun O'zbekiston sport olami eng katta yo'qotishni boshdan kechirdi. Mustaqil O'zbekiston tarixida O'zbekiston futbol federaciyasini boshqalardan uzoqroq (deyarli 12 yil) boshqargan, 2013-2017 yillarda milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti bo'lgan Mirabror Usmonov 72 yoshida olamdan ko'z yumdi.

Usmonov davrida O'zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoalari besh marotaba jahon chempionatida ishtirok etishdi, mamlakatimiz besh marta Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi va Riodagi Olimpiadada rekord miqdorida medallar qo'lga kiritildi.

Usmonov tufayli sport, xususan futbolga hukumat tomonidan katta mablag' ajratildi va bu sport rivojiga tasir ko'rsatdi. O'nlab stadionlar qurildi va rekonstrukciya qilindi. Usmonovning obro'si O'zbekiston futbol federaciyasini mahalliy rahbarlarning aralashuvidan saqladi. Mirabror Zufarovich davrida bizning sport tashkilotlar misli ko'rilmagan xalqaro obro'ga ega bo'ldi. U xalqaro sport tashkilotlarining boshqaruv organlarida juda ko'p joylarga erishganidan bu o'rinlar uchun mamlakatimizda mutaxassislar etishmay qoldi.

Mirabror Zufarovich sportda rahbarlik plankasini shunchalik yuqori ko'tardiki, uni o'sha balandlikda ushlab qolishning iloji yo'q edi.

2006-2011 yillarda Usmonov qo'l ostida ishlashga muvaffaq bo'lganman, OFKga o'tganimda u bilan turli masalalarda bog'lanib turardim. Mirabror Zufarovich haqiqatdan ham tashkilot ofisida ishlagan federaciyaning birinchi prezidentiga aylandi, u qattiqqo'l bo'lgan, ammo qo'l ostidagilarning haqligini tan olib, kerak bo'lsa qarorini o'zgartira olgan.

Qiziq malumot: O'FF prezidentiga aylangan Usmonov ishining ilk 12 oyida hech kimni ishdan bo'shatmagan. U har bir xodim bilan shaxsan tanishishni va ularning sifatlari borasida o'z xulosasini chiqarishni istagan.

Joyingiz jannatda bo'lsin, Mirabror Zufarovich" - deb yozadi Nikimbaev o'zining Telegram kanalida.

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика