So’nggi yangiliklar

20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  19 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  16 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  4 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  12 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

Nikimbaev: "OFK O'zbekiston klublariga kutilmagan sovg'a taqdim etishga qaror qildi" Yangiliklar

Nikimbaev: "OFK O'zbekiston klublariga kutilmagan sovg'a taqdim etishga qaror qildi"

Teglar :  Alisher Nikimbaev
Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o'z Telegram kanalida OFK CHempionlar ligasiga bog'liq insayderlik malumotlarini elon qildi.

"Menda bor insayderlik malumotlariga ko'ra, OFK O'zbekiston klublariga kutilmagan sovg'a taqdim etishga qaror qildi. Agar esingizda bo'lsa, OFK ijro qo'mitasi oktyabrda 2021 yildan boshlab CHempionlar ligasi ishtirokchilari sonini 32tadan 40taga etkazish bo'yicha qaror qabul qilgan edi. Har bir zonadagi birinchi olti mamlakat kvotalari o'zgarmasligi elon qilindi. Yani 2016-2019 natijalariga ko'ra 6-o'rinni egallagan O'zbekiston uchun CHempionlar ligasidan "1+1" (1ta guruhda, 1ta pley-offda) ko'rinishida joy berilishi kerak edi. Ammo malum bo'lishicha, OFK mamuriyati 5 kundan so'ng yig'iladigan musobaqalar qo'mitasiga tepadagi oltita mamlakat kvotalariga 1tadan joy qo'shib berishni ko'rib chiqishni taklif qildi. Yo'llanma guruh bosqichiga bo'ladi, ammo CHempionlar ligasi emas, OFK Kubogi uchun.

Agar taklif ijobiy qabul qilinsa, 2021 va 22 yillarda O'zbekistonning 3 klubi avvalgidek Osiyo turnirlarida kurash olib boradi: 2tasi CHempionlar ligasida (1+1) va 1tasi OFK Kubogida (guruh bosqichidan 1ta joy).

7-10-o'rindagi mamlakatlar esa CHempionlar ligasi guruh bosqichi uchun joyga ega bo'lishadi. G'arbda bu yo'llanma Turkmaniston va Tojikistonga taqdim etiladi. 2021 yilgi mavsum Markaziy Osiyo uchun tarixiy bo'lishi mumkin. Qo'mita qarorini kutish qoldi.

7-10-o'rinni egallab turgan mamlakatlar qita turnirlarida (CHempionlar ligasi va OFK Kubogi) 3ta joyga ega bo'lishadi.


7-9-o'rindagilarga beriladigan kvotalar:

CHempionlar ligasi guruh bosqichidan 1ta joy, OFK Kubogidan 2ta joy


10-o'rindagi mamlakat uchun kvota:

CHempionlar ligasi guruh bosqichidan 1ta joy, OFK Kubogidan 1ta joy, OFK Kubogi pley-off bosqichidan 1ta joy.


2019 yl reytingida Tojikiston 9, Turkmaniston esa 10-o'rinni egallab turibdi.

Qiziq, agar hammasi tepada ko'rsatilganidek bo'lsak, quyidagilar OFK Kubogi guruh bosqichiga chiqib bo'lishgan:

O'zbekistondan 1ta klub

Tojikistondan 2ta klub

Turkmanistondan 1ta klub

Qirg'izistondan 1ta klub


Pley-offda o'ynaydiganlar:

Turkmanistondan 1ta klub

Qirg'izistondan 1ta klub

Afg'onistondan 1ta klub


OFK Kubogida Markaziy Osiyo uchun bitta guruh ajratilganini hisobga olsak, bu jamoalarni bitta kvartetga sig'dirib bo'lmaydi. Bularning bariga etibor bersak, xatto OFK xodimlari ham OFK Kubogi qanday o'tishini bilishmasa kerak" - deyiladi Alisher Nikimbaev Telegram kanalida.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика