So’nggi yangiliklar

12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  0 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  4 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  12 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  1 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  4 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  17 07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  7 07:20Суперлигада иккинчи давра бошланишига 10 кун қолганида навбатдаги истеъфо рўй берди  9

Nihoyat "Milan" va "Inter" "San-Siro" loyihasi bo'yicha hukumat bilan kelishib oldi Yangiliklar

Nihoyat "Milan" va "Inter" "San-Siro" loyihasi bo'yicha hukumat bilan kelishib oldi

Qurilishi rejalashtirilgan obeklar zichligi borasida uzoq davom etgan "jang" yakunlandi.

Yodingizda bo'lsa, bundan ikki yil avval Afsonaviy "San-Siro": paydo bo'lishi, xo'jayinlari va "Uzuklar hukmdori" haqidagi maqolani etiboringizga taqdim etgan edik. Oradan yillar o'tib, nihoyat Milan klublari o'rtasidagi muammolar hal bo'lmoqda...


"Milanda "San-Siro" stadionining yangi ko'rinishi qanday bo'lishini aniqlab olishdi", — deb elon qildi mer Beppe Sala. Uning aytishicha, hukumat vakillari "Inter" va "Milan" bilan arenaning qayta tamirlash ishlari bo'yicha kelishuvga erishgan. SHuningdek, shahar meri aniqlik kiritdiki: klublar mamuriyat tomonidan taqdim etilgan amaldagi texnik-iqtisodiy asoslardan hamda shaharsozlik rejasidan chetga chiqmaslikka va Sar-Siro tumanini sport va ko'ngilochar voqealar uchun mo'ljallangan yashil hudud sifatida rivojlantirishga rozi bo'lishgan.


Klublar ikki xil variantdagi loyihalarni taqdim etishgan — "CHerkov" va "Halqalar". Katta ehtimol bilan, aynan birinchi variant tanlanadi. Ammo u to'liqligicha loyihadagi kabi ko'rinishda bo'lmaydi. Ko'plab savdo markazlari va ofislar qurilmaydigan ko'rinadi... Biroq hozircha loyihadagi detallarning katta qismi nomalumligicha qolmoqda.


Qurilishi rejalashtirilgan obektlar zichligi dastlabki loyihada "Sport va o'yin-kulgu" kategoriyasi uchun belgilangan cheklovdan 28 punktga chiqib ketayotgandi — klublar 36 punktni hudud kategoriyasini o'zgartirib, "Ko'p funkciyali qurilish"ga "aylantirishni" ko'zlagandi. Aynan shu jihat muzokaralarda asosiy muammoga aylandi. SHuning uchun klublar ancha vaqtgacha "oyoq tirab turib olgandi" — investiciya hajmi (1,2 mlrd evro)dan kelib chiqib qurilishdagi obektlar zichligini oshirish zarur deb hisoblardi. Biroq yakunda taslim bo'lishdi va asta-sekin talablarini kamaytirib borishdi. Ish oxiri qurilishning hozirgi kategoriyasining yuqori chegarasida — 35 punktda to'xtashdi.

Arenaning tashqi ko'rinishi kim mezbon sifatida o'ynashiga qarab, rangini o'zgartiradi (derbida esa — kim rasmiy mezbon bo'lishiga qaraladi). 

Biroq bu jarayon juda tez amalga oshishi va qayta tamirlash ishlari jadal suratda olib borilishi ancha qiyin masala. Beppe Sala Olimpiada-2026 ochilish marosimi eski "San-Siro"da bo'lishini talab qildi va qolganlar bunga rozi bo'lishdi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика