So’nggi yangiliklar

20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  0 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  0 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  3 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  0 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  3 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  9 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  15 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  1

Nihoyat! Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil etiladi Yangiliklar

Nihoyat! Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil etiladi

O'zbekiston milliy terma jamoasi kelasi yilning yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarida bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi musobaqasida ishtirok etadi.

Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz mazkur musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda.

Vakillarimiz sentyabr, oktyabr va noyabr oylaridagi FIFA kunlarida bir qator o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushdi.

Dekbar oyida milliy terma jamoamiz Turkiyada yana bir yig'in o'tkazadi. Terma jamoamiz bosh murabbiyi mazkur yig'indan keyin Osiyo Kubogiga yo'l oladigan futbolchilar borasida bir to'xtamga keladi. Turkiya yig'ini oldidan Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil qilinadi. 6 dekabr kuni soat 11:00da O'zbekiston futbol associaciyasi anjumanlari zalida Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil qilinadi.

Matbuot anjumani davomida bosh murabbiy jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berib o'tadi. Matbuot anjumaniga yurtimizda faoliyat olib borayotgan barcha turdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari taklif qilinadi.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика