Nihoyat, "Atletiko" Partiga o'rinbosar topdi, u 11+2 mln evro evaziga xarid qilinadi
01 noy 2020 12:44
Yangiliklar


Nihoyat, "Atletiko" Partiga o'rinbosar topdi, u 11+2 mln evro evaziga xarid qilinadi
"Valensiya" yarim himoyachisi Joffre Kondogbia "Atletiko"ga o'tishga yaqin.
Jurnalist Matteo Morettoning xabariga ko'ra, 27 yoshli franciyalik futbolchi Madrid klubi uchun tibbiy ko'rikdan ham o'tib bo'ldi. U La Liganing maxsus qoidasi bo'yicha transferlar oynasi bo'lmasa ham, poytaxt klubiga o'tadi.
"Atletiko" Kondogbia uchun 11 mln evro to'laydi. SHuningdek "Valensiya" xavbekning Madrid klubidagi muvaffaqiyatlaridan bonus sifatida 2 mln olishi mumkin, "Atletiko" shuningdek o'yinchining keyingi sotuvidan 10%ini "Valensiya"ga beradi.
SHunday qilib Kondogbia transferlar oynasining so'nggi daqiqalarida "Arsenal"ga o'tib ketgan Tomas Parti (tovon puli - 50 million evro evaziga)ga o'rinbosar bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar