So’nggi yangiliklar

02:59Мбаппенинг дубли "Реал"га "Вильярреал" устидан ғалаба келтирди  6 02:32Аёллар ўртасидаги Испания Суперкубоги: "Барселона" яна "Реал"ни мағлуб этиб, кетма-кет бешинчи бор чемпион бўлди  5 01:55Арне Слот: "Бундай ўйинда 4 дақиқа қўшиб бериш камлик қилади"  8 01:50БУНДЕСЛИГА. "Леверкузен"да қийин ғалаба, "Дортмунд" эса Берлинда зафар қучди  0 00:34АПЛ. «БОРНМУТ»ДАН СЕНСАЦИЯ! «Ливерпуль» 90+5-дақиқада мағлубиятга учради  8 23:58Гвардиола ҳакамлардан норози: "Говард Уэбб, эртага чиқ ва нима учун пенальти берилмаганини тушунтириб бер!"  6 23:41"Вильярреал" - "Реал Мадрид". "Қироллик клуби" таркиби маълум  40 23:23Гвардиола "Сити"даги "янгилар"нинг ўйинига баҳо берди  4 22:47"Реал" ҳимоячиси жароҳат билан ўйнамоқда: Рауль Асенсио жамоаси учун соғлиғини хавф остига қўйди  9 22:32ПСЖ 18 ёшли футболчи учун "Барселона"га битимдагидан кўпроқ тўламоқчи  1 22:20U-23 ОСИЁ КУБОГИ. ЯПОНИЯ — ЧЕМПИОН! Хитой финалда тор-мор этилди  17 22:00Англия. Ҳусанов-Гехи жуфтлигидаги илк баҳсда "Сити" дарвозаси "қуруқ" сақланди ва "шаҳарлик"лар ғалаба қозонди  5 21:29"Бавария" Бундеслига жорий мавсумидаги илк мағлубиятини қабул қилди  11 21:25АПЛ. "Борнмут" - "Ливерпуль" баҳси учун таркиблар маълум  17 20:51Тедди Шерингем: "Арсенал" ўзи ҳақида ҳаддан ташқари юқори фикрда, улар рақибни ҳурмат қилишни ўрганишлари керак"  13

Nigora Abidovadan Evro-2016 tahlili Yangiliklar

Nigora Abidovadan Evro-2016 tahlili

Hisob bo'yicha 15-Evropa chempionati o'z yakuniga etib bormoqda. Franciya ilk bor 16ta emas Evropaning eng kuchli 24ta terma jamoasini qabul qildi.

Islandiya va Uelsni original tarzda maqtamoqchi emasman. Bu ikki terma jamoa 2015 yil dekabr oyidagi qura tashlash jaraniyoda finalchilar orasida eng past koefficientli jamoalar edi: 25,388 va 24,521. Ulardan keyin Albaniya va SHimoliy Irlandiya qayd etilgandi.

Evropa chempionatidan oldin Islandiya deganda ko'z oldimizga faqat vulqonlar va bolta ko'targan vikinglar kelardi. Men uchun va ko'pchilik uchun bu jamoa g'alabaga bo'lgan iroda, intilish namunasi bo'ldi. Turli taxminlar, fikrlarga ters o'laroq guruhdan chiqishga erishishdi. Franciyaga mamlakat aholisining 10 foizi tashrif buyurdi va butun dunyoga qanday qilib muxlislik qilish kerakligini ko'rsatib qo'yishdi. Islandiyalik muxlislar tomonidan ijro etilgan o'ziga xos "Viking Clap" yoki "HUK" haqida endi sayoramizning deyarli barcha muxlislari bilishadi. Franciyadan uchralgan yirik hisobdagi mag'lubiyatdan keyin ham islandlar o'z futbolchilarini aynan shunday tarzda kuzatib qo'ygani odamni tasirlantirmay qo'ymaydi.

Uels terma jamoasi bunday muxlislar bilan maqtana olmas, lekin ularda Beyl va Remzi bor, ikkala futbolchi jamoani yarim finalga olib chiqdi, bu bosqichga Ispaniya, Italiya, Angliya, Belgiya kabi favoritlar etib kela olishmadi...

Del Boske boshchiligidagi ispanlar meni xafa qilishdi. Muammolar barchaga malum edi, o'yin uslubini o'zgartirish kerak. Tarkib yaxshi. JCH-2018ga qadar yosh futbolchilar tajriba to'plab olishadi.



Eng yorqin o'yin sifatida Italiya va Germaniya o'rtasidagi bahs yodimda qoldi: Evropaning ikkita giganti, ikki buyuk darvozabon, men ko'rgan eng daxshatli penaltilar seriyasi, Buffonning ko'z yoshlari, sheriklarining noaniq zarbalari...

Portugaliya terma jamoasi 12 yillik effektni takrorlab kutilmaganda Evropa chempioni bo'lsa ko'pchilik mendan xafa bo'lmasa kerak. Axir hech kim Evro-1992da Daniya, 2004 yil Greciya chempion bo'lishini hech kim kutmagandi...oradan 12 yil o'tdi

Portugaliya yomon jamoa bo'lgani uchun emas (tarkibda KriRo bo'lgan jamoa yomon bo'lmaydi) guruh bosqichida bironta o'yinda yuta olmay, Xorvatiyani qo'shimcha taymlarda urilgan bitta gol tufayli, Polshani penaltilar seriyasida mag'lub etgan jamoa yarim finalda Uelsni asosiy vaqtda taslim qila oldi. Buni kichik mo'jiza deb atash mumkin.

Yarim final haqida gapirsak, Ricolli - pley-offning eng yomon hakami. Agar Germaniya musobaqani tark etishi adolatli bo'lgandir, ammo bunday hakamlik bilan emas.

Yangi asrdagi eng qobiliyatli Franciya terma jamoasini ko'rib turibmiz. Grizmann - Zidan davridan buyon eng yaxshi franciyalik futbolchi. U Evropa chempionatida 6ta gol urib bo'ldi, mutloq rekordchi Mishel Platini hisobida 9ta gol bor. U yana finalda ettinchi raqamli futbolchi bilan to'qnash keladi, ular ECHL finalida ham to'qnash kelishgan edi.

Ikki kundan keyin Final!


Nigora Abidova

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика