So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Nigeriya termasi ustozi raqibni sehr qilishda aybladi. Jamoa penaltilar seriyasida Kongo DRga yutqazib qo'ydi va endi JCH-2026ga bormaydi Yangiliklar

Nigeriya termasi ustozi raqibni sehr qilishda aybladi. Jamoa penaltilar seriyasida Kongo DRga yutqazib qo'ydi va endi JCH-2026ga bormaydi

Nigeriya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi JCH-2026 saralashi doirasidagi bahsda imkoniyat boy berilgach, raqibni sehrgarlikda aybladi.

Qatorasiga ikkinchi marta mundial armon bo'lmoqda

Nigeriya terma jamoasi bosh murabbiyi Erik Shell shogirdlari penaltilar seriyasida (3:4) imkoniyatni boy berib, JCH-2026ga chiqish imkoniyatini to'liq yo'qotgach, Kongo DR terma jamoasi azolarini sehr qilishda aybladi.

O'zi nima bo'ldi?

Mutaxassis pley-off finalida jamoasining mag'lubiyatini qabul qilishi oson bo'lmadi va barcha aybni g'ayritabiiy kuchlarga yuklab qo'ya qoldi.

"ESPN"ning xabariga ko'ra, hal qiluvchi penaltilar seriyasi vaqtida raqib futbolchilari taqiqlangan usullardan foydalandi, deydi Shell.

"Barcha penaltilar vaqtida kongolik bir yigit sehrgarlik bilan mashg'ul edi. Har safar... Har bir zarba vaqtida! Shu sababli men qattiq asabiylashdim", — dedi murabbiy.

Nigeriyaliklar uchinchi daqiqadayoq hisobni ochishdi — yarim himoyachi Frenk Oneka jamoasini oldinga olib chiqdi. Biroq yarim soat o'tar-o'tmas Elia Meshak muvozanatni tikladi. Asosiy vaqtning qolgan qismida jamoalar g'olib nomini aniqlay olishmadi va ish penaltilar seriyasigacha etib bordi. Futbol lotereyasida esa Kongo DR jamoasiga omad kulib boqdi (4:3). Seriyada ham barchasi murosasiz ruhda kechdi — har ikki golkiper ikkitadan zarbani qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

Jurnalistlarning Shelldan vaziyatni batafsilroq aytib berish borasidagi so'roviga murabbiy qo'l harakatlarinigina keltirdi. "Sehr" aynan nimadaligini murabbiy izohlab bera olmadi. "Qandaydir shunaqa harakat (qo'l yordamidagi harakatlar. — tahririyat). Bilmasam, balki u suv yoki boshqa nimanidir sochgandir", — qo'shimcha qildi mutaxassis.

Keyinroq mikst-zonada Shell aniqlik kiritdi: gap vudu rituallari haqida ketmoqda.

Nigeriya anchayin kuchli tarkibiga qaramay, qatorasiga ikkinchi marta mundialni o'tkazib yubordi. Hozirgi jamoada misol uchun: Viktor Osimxen, Ademola Lukman, Vilfred Ndidi va Aleks Ivobi kabi nomlar bor.

Kongo futbolchilari million dollar uchun kurashadi

Sehr yordamidami yoki yo'q, ammo Kongo DR termasining chindan omadi kelmoqda — Nigeriyaga qarshi o'yindan avval, yarim finalda, ular Kamerunni 90+2-daqiqadagi gol evaziga taslim etishgandi.

Kongo DR kurashni davom ettiradi va endi qitalararo saralash o'yinida maydonga tushadi. Agarda "sehrgarlar" jamoasi g'alaba qozona olsa, 1974 yildan buyon ilk marta jahon chempionatida ishtirok etadi.

Stimul ancha katta — mamlakat futbol federaciyasi musobaqaning final qismiga yo'llanma qo'lga kiritilsa, har bir futbolchiga 1 million dollardan mukofot puli vada qilgan.


Nigeriyaliklar norozilik namoyishi sifatida mashg'ulotlarda qatnashmagan

Nigeriiyada esa motivaciya borasida ishlar aksincha. Avvalroq, saralash bahslari boshlanishidan ikki kun avval futbolchilar noroziliklarini namoyish etish maqsadida mashg'ulotda qatnashmagani aytilgandi.

"Butun tarkib, jumladan, rasmiy shahslar, to'lovlardagi kechikishlar tufayli bugungi mashg'ulotda ishtirok etmaslikka qaror qilishdi", — deya xabar bergandi "Blueprint.ng".

Reyting:    

Fikrlar

+3   
19 noy 09:34:04
Isroiljon Qosimov
Ўсироқ ўтга арпа баҳона...
   
19 noy 13:40:43
BOBIRBEK_URINOV⚽️
Пул деб ватан шаънини химоя килмаслик....
Вактида Кану, Окоча ва шунга ухшаш футболчилари титратар эди манаман деган термани...
   
19 noy 11:37:37
FAQAT OLG'A
Bu narsa ancha oldin Benfika ga aloqasi bordek malumot chiqqan adashmasam yarim finalgacha borgan keyin klub pul tolamagan shundan so'ng yarim finalda yutqazgan lekin tekshiruvlar osha afrika mamlakatiga Bemfikadan pul otganini tasdiqlagan
   
19 noy 10:05:09
Tigr
(Абадайни-шабадайнийни, ракапуф, куф суф.)............Астагфируллах
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика