Niderlandiyada yirik transfer: "Ayaks" "Feyenoord" sardorini xarid qildi
17 iyu 2021 19:33
Yangiliklar
Niderlandiyada yirik transfer: "Ayaks" "Feyenoord" sardorini xarid qildi
"Ayaks" "Feyenoord" hujumchisi Stiven Bergeys transferini hal etdi.
Amsterdam klubi 29 yoshli futbolchi uchun 5,5 million evro to'laydi va 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzadi.
Vinger Rotterdam jamoasida 199 o'yinda 87 ta gol urgan va 64 ta assist qayd etgan. U "Feyenoord" sardori edi.
Eslatib o'tamiz, "Ayaks" "Feyenoord"ning azaliy raqibi sanaladi. Ularning to'qnashuvi "De Klassiker" deb ataladi.
Fikrlar