Niderlandiya va Argentina o'rtasidagi bahsda maydonga yugurib tushgan barzangi muxlis kimligi malum. U 2019 yil ECHL finalida Kinsi Volanskiga hamrohlik qilgan
10 dek 2022 09:45
Yangiliklar
Niderlandiya va Argentina o'rtasidagi bahsda maydonga yugurib tushgan barzangi muxlis kimligi malum. U 2019 yil ECHL finalida Kinsi Volanskiga hamrohlik qilgan
Muxlisning badanida “Vitaly the GOAT” so'zlarini yozdirib olgandi. Uni to'xtatish oson bo'lmadi va besh styuard tartib buzarni qiyinchilik bilan ushlashga erishdi.
U Murmanskda tug'ilgan Vitaliy Zdoroveckiy ekanligi va ilgari ham shu kabi vaziyatlarda ishtirok etgani aniqlandi. Vitaliya 2014 yilgi JCH finali doirasida Argentina va Germaniya o'rtasidagi uchrashuvda ham maydonga yugurib tushgandi. Bundan tashqari, 2019 yil sobiq sevgilisi Kinsi Volanskining ECHL finalida maydonga tushishi uchun ko'maklashgandi.
Zdoroveckiy Rossiyaning Murmansk shahrida tug'ilgan bo'lib, keyinchalik Odessaga ko'chib kelgan va hozirda AQSHda istiqomat qiladi. U YouTube platformasida 10 mln obunachiga ega ”VitalyzdTv” kanali asosichisi hisoblanadi va prank yo'nalishidagi videoroliklarni sahifasiga joylab boradi.
Fikrlar