"Nicca" "Barselona" futbolchisini ijaraga oldi
02 fev 2021 07:25
Yangiliklar


"Nicca" "Barselona" futbolchisini ijaraga oldi
"Nicca" "Barselona" himoyachisi Jan-Kler Todiboni ijaraga oldi.
Kataloniyaliklar matbuot xizmatining xabariga ko'ra, ijara joriy mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan. Franciya klubi o'yinchini 8,5 million evro evaziga xarid qilishi, yana 7 million bonus sifatida to'lashi mumkin.
21 yoshli franciyalik futbolchi mavsumning birinchi qismini "Benfika"da ijarada o'tkazdi va 2ta o'yinda maydonga tushdi.
Todibo "Barselona"ga 2019 yilning yanvarida "Tuluza"dan 1 million evro evaziga o'tgan. Himoyachining klub bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar