So’nggi yangiliklar

21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 21:00Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК (матнли трансляция)  26 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  4 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  1 18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  6 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  0 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  7 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0 15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  19 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0

Neymar Xorvatiyaga uchralgan alamli mag'lubiyatdan keyin nimalar dedi? Yangiliklar

Neymar Xorvatiyaga uchralgan alamli mag'lubiyatdan keyin nimalar dedi?

JCH-2022 chorak finali musobaqaning asosiy favoriti Braziliya TJ Xorvatiyaga penaltilar seriyasida yutqazib, musobaqa bilan erta xayrlashdi.

Mazkur bahsdan keyin “pentakampeonlar” sardori Neymar o'z hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi.

“Hozir gapirish mushkul. Boshimda ko'p narsalar aylanmoqda, ammo kiyim almashtirish xonasida bu vaziyat bizga nimani o'rgatgani haqida gaplashdik. Bizda juda ahil, quvnoq, xushchaqchaq jamoa bor, ammo bugungi kuni xursandchilik olib kelmadi va qayg'uli bo'ldi.

Afsuski, nohaq o'yin tufayli musobaqa bilan xayrlashdik. Endi dam olish, yaqinlarni quchoqlash vaqti keldi. Hozir faqatgina ular bizga tasalli bera oladi.

Biroz butun cikl, o'tkazgan kunlarimizga to'xtalmoqchiman. Barchasi shunchalik tez ro'y beridiki, bundan maksimal tarzda foydalanishingiz kerak. U yoki bu futbolchining terma jamoadagi faoliyati yakunlanadi, yoshlar esa keladi. Bu erda ko'plab do'stlar orttirdim, jamoaning bir bo'lagi bo'lganimdan xursandman, barcha bilan faxrlanaman.

Afsuski, bu tarkib bilan g'oliblikni qo'lga kirita olmadik, ammo shunaqasi bo'lib turadi. Hozir xafamiz va qayg'udamiz, barchaga taskin beradigan so'z topish qiyin”, deydi Neymar.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика