So’nggi yangiliklar

08:45"Насаф" U-21 жамоасининг қониқарсиз натижалари сабабли Зафар Холмуродов ишдан олинди  0 08:13Бугун Каннаваро терма жамоамизда дебют қилади  3 00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  3 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  14 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  5 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  2 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  15 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  37 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  7 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8

Neymar videomurojaat orqali "Barselona" bilan xayrlashdi (video) Yangiliklar

Neymar videomurojaat orqali "Barselona" bilan xayrlashdi (video)

Teglar :  Neymar
"Barselona"dan PSJga o'tgan braziliyalik hujumchisi Neymar qarorini tushuntirib berdi va sobiq klubi, jamoadoshlari hamda muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.

"Bugungi kun uchun matn tayyorladim. Sportchining hayoti chaqiruvlardan iborat. Ularning bazilariga oson erishamiz, qolgani esa qarorlarimizdan kelib chiqadi. Ular hayotimizni yorqinlashtiradi, ammo faoliyatimiz qisqa. "Barselona" men uchun chaqiruvdan ham ko'proq edi. Bu videoo'yinda yulduzlar bilan o'ynagan bolakayning orzusi bo'lgan.

21 yoshimda Kataloniyaga keldim. Klubdagi ilk kunlarimni, Messi, Valdes, Xavi, Inesta, Puyol, Buskest va boshqa yulduzlar bilan bir kiyinishxonasida bo'lganimni haligacha esalayman. Klubdan ko'ra kattaroq bo'lgan jamoada o'ynash uchun navbatimni kutganman.

Menda o'zim ko'rgan eng yaxshi sportchilar bilan to'p tepish imkoniyat bo'ldi. Hayotimda Messidan yaxshirog'ini uchratmasligim aniq. U maydonda va uning tashqarisida menga do'st bo'ldi. Lionel va SUares bilan birga erishish mumkin bo'lgan barcha sovrinni qo'lga kiritgan trioga aylandik. Biz unutilmas onlarni boshdan kechirdik. Men shahardan ko'ra kattaroq bo'lgan joyda yashadim. Barselona vatanimga aylandi. Barselona va Kataloniyani yaxshi ko'raman.

Biroq menga har qanday sportchi kabi chaqiruvlar kerak. Hayotimda ikkinchi marotaba otamning qaroriga qarshi chiqdim. Dada, sizni tushunaman va fikringizni hurmat qilaman, ammo o'z qarorimni qabul qildim va meni doimgidek qo'llab-quvvatlashingizni istayman. "Barselona" va Kataloniya doimo qalbimda qoladi, ammo menga yangi chaqiruvlar kerak. Yangi cho'qqilarni egallash va klubga sovrinlar yutish uchun PSJ taklifini qabul qildim.

"Barselona"ning ajoyib muxlislariga, birgalikdagi o'yinlarimizda ko'p narsa o'rgangan jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman. Endi ketish vaqti kelganini yuragimdan his qildim. PSJ yaqin bir necha yil ichida mening yangi uyimga aylanadi. Ishonchni oqlash uchun ter to'kib ishlayman. Muxlislar, do'stlarim, hayotimda yordam bergan professionallarning qo'llab-quvvatlashiga umid qilaman. Bu juda qiyin qaror, ammo uni qabul qildim" - deydi Neymar.


Ko'chirib olish (skachat)

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика