Neymar umumiy guruhga qaytdi

Aslanov Jasurbek
12 apr 2019, 12:10
PSJ forvardi Neymar jarohatidan qutildi va umumiy guruhdagi mashg'ulotlarga qaytdi.

Neymar uzoq muddatli davolanishdan so'ng PSJ futbolchilari bilan shug'ullandi.

Braziliyalik forvard "Strasburg"ga qarshi Fransiya Kubogi bahsida jarohat olgan edi.

Neymar joriy mavsum PSJ safida 23ta uchrashuv o'tkazib, 20ta gol urdi va 11ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: psg.fr