Neymar qancha muddatni o'tkazib yuborishi malum bo'ldi
14 dek 2020 23:30
Yangiliklar


Neymar qancha muddatni o'tkazib yuborishi malum bo'ldi
"RMC Sport" jurnalisti Muhammad Buxafsi PSJ hujumchisi Neymarning jarohati unchalik jiddiy emasligini malum qildi.
28 yoshli braziliyalik futbolchi 10-15 kunni o'tkazib yuboradi. U katta ehtimol bilan 6 yanvar kuni "Sent Eten"ga qarshi o'yingacha safga qaytishi mumkin.
Ushbu mavsumda Neymar milliy chempionatda 7 o'yinda 3 gol va 3 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar