Neymar oltinchi o'rinni egalladi

Mirjalol Normatov
28 iyul 2018, 00:20
PSJ futbolchisi Neymar Braziliyada bo'lib o'tgan poker bo'yicha "High Roller BSOP São Paulo" turnirida ishtirok etdi.

ESPN xabariga ko'ra, Neymar turnirda 6-o'rinni egallagan va umumiy 21308 dollar ishlab olgan. Turnirda 288 ishtirokchi qayd etilgan. Badal esa 1877 dollarni tashkil qilgan.

"Bu turnirda qatnashganimdan va ilk urinishdayoq finalgacha borganimdan xursandman. Bu men uchun ilk tajriba bo'ldi", - dedi Neymar.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN