Neymar Messiga qo'ng'iroq qildi
16 fev 2021 10:23
Yangiliklar


Neymar Messiga qo'ng'iroq qildi
PSJ forvardi Neymar "Barselona"dagi sobiq sherigi Lionel Messini Parij klubiga o'tishga ko'ndirmoqchi.
Braziliyalik futbolchi bundan bir necha kun oldin "Barsa" sardori bilan aloqaga chiqqan va Franciya poytaxtining ijobiy tomonlari, shuningdek klub va jamoa haqida iliq fikrlarini aytgan.
Messining qanday munosabatda bo'lgani ochiqlanmagan. Eslatib o'tamiz, argentinalik futbolchining "Barselona" bilan tuzgan shartnomasi yozda yakuniga etadi.
Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol va 5ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar