So’nggi yangiliklar

02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" аутсайдерни қийинчилик билан мағлуб қилди, Амад Диаллодан хет-трик!  17 01:50Альфонсо Дэвис "Бавария" таклифига кўнмаяпти  1 01:23РФИ фахрий президенти: "Ўзбекистон, Беларусда ўйнаганида бизнинг селекционерлар қаерда эди? Кўзи кўрлар"  19 01:01Абдуқодир Ҳусанов Манчестерга етиб борди  8 00:46Испания Кубоги. "Реал" – "Сельта" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 00:30HERE WE GO: Омар Мармуш - "Манчестер Сити" футболчиси!  6 00:15Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан гол  0 23:27Аморим Гарначо яна нималарни ўрганиши кераклигини айтди  3 23:02Ўзбекистон миллий терма жамоаси сафида ўзгариш  1 22:50"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячи сотиб олмоқчи  5 22:19Саудия Арабистони. Пешқадам "Ал Ҳилол" аутсайдер дарвозасига 9та гол урди  3 21:50"Навбаҳор" БААда Хорватия, Арманистон ва Хитой жамоаларига қарши ўйнайди  1 21:30"Сўғдиёна" дарвозабони билан шартномани узайтирди  3 21:08Златан Роналдуга жавоб берди  19 20:44АПЛ топ-клублари қизиққан футболчини "Бавария" илиб кетмоқчи  0

Neymar mavsum so'nggiga qadar safdan chiqdi. U PSJda jarohat sabab 6 yildan deyarli 2 yilini o'tkazib yubordi (mutolaa uchun) Yangiliklar

Neymar mavsum so'nggiga qadar safdan chiqdi. U PSJda jarohat sabab 6 yildan deyarli 2 yilini o'tkazib yubordi (mutolaa uchun)

Teglar :  ECHL PSJ Neymar
Qayg'uli.


Rasman: Neymar mavsum so'nggiga qadar safdan chiqdi. Klub shifokorlar bilan maslahatlashuvlardan so'ng Neymarga bog'lamlarni tiklash bo'yicha jarrohlik operaciyasini maslahat berdi – uni yaqin kunlarda Dohada o'tkazishadi. Tiklanishga 3-4 oy ketadi.

"Kuchliroq bo'lib qaytaman", – deb yozdi Neymar instagramda.


Qanday jarohat?

Neymar 19 fevral kuni "Lill"ga qarshi o'yindagi yakka to'qnashuv paytida o'ng oyog'idagi to'pig'ini qayirib oldi.

U maydonni zambil va ko'z yoshlar bilan tark etdi – o'shandayoq barchasi juda qo'rqinchli ko'ringandi.




Media avvaliga sinish yo'qligi, shu sabab u faqatgina ikki-uch haftani o'tkazib yuborishini yozdi. PSJ ham xotirjam tortdi: bog'lamlarning cho'zilishi, hammasi joyida bo'ladi. Ammo, yo'q – bunga qadar to'piq bilan bo'lgan uzun muammolar ro'yxati o'z so'zini aytgan ko'rinadi.


Jarohatlar – Neymarning PSJdagi katta muammosi. U allaqachon 600 kundan ko'p o'tkazib yubordi

O'sha to'pig'idagi jarohatlar sabab braziliyalik JCH-2022 guruh bosqichidagi ikkita o'yinni o'tkazib yubordi – pley-offga bazo'r tiklandi. Kristof Galte yanvar oyi so'nggida Ney hali ham JCHda olgan jarohatidan tiklanmaganini aytdi.

Ney 2021 yilning noyabrida chap oyog'idagi to'piq bog'lamlarini shikastlab oldi – "Sent-Eten" bilan o'yindagi stop-kadr ham qo'rqinchli ko'ringandi. Braziliyalik o'shanda jarohat sabab 73 kunni o'tkazib yuborgandi.



Umumiy hisobda Neymarning to'piq jarohatlari uni 211 kun o'yindan tashqarida qoldirdi. Bu raqamlar yaqin vaqtlarda keskin o'sadiganga o'xshaydi –– 90-120 kunga.

Ha, braziliyalikni faqatgina to'piq qiynamaydi – u PSJdagi butun faoliyati davomida 25 bor jarohat oldi va 599 kunni o'tkazib yubordi, yangi jarohatini hisobga olsak, olti yuzdan oshadi – yakunda esa ikkita kalendar yili bo'ladi.

Neymar PSJdagi hech bir mavsumda 22tadan oshiq o'yin o'tkazmagan – bu aynan o'tgan mavsumda ro'y bergan. Liga 1da o'tkazilgan o'yinlar mavsumlar bo'yicha shunday ko'rinish oladi: 20, 17, 15, 18, 22, 20.


Asosiy bosh og'rig'i – CHempionlar ligasi pley-offi. Neymar PSJda faqatgina bir marta pley-off o'yinlarini o'tkazib yubormagan, bu finalda bo'lgan

Neymar PSJdagi olti yil davomida 2019/20 yilgi kovid mavsumida asosiy tarkibda chiqqan holda, faqatgina bir bor 1/8 finalning ikki o'yinida harakat qilgan. U o'shanda umuman butun pley-offda soppa-sog' edi va jamoa finalgacha etib borgan.

PSJ sog'lom Neymarsiz atigi bir marta 1/8 finaldan o'ta olgan – 2020/21 yilgi mavsum "Barselona" bilan (mushak jarohati). U chorak finalda qaytgan va jamoa u bilan yarim finalga qadar borgan, unda esa "Man Siti"ga imkoniyat boy berilgan. U qolgan holatlarda yoki pley-offning birinchi bosqichida umuman o'ynamagan yoki kamida bitta o'yin o'tkazib yuborgan, PSJ esa uyog'iga o'ta olmagan.

U 2017/18 yilgi mavsum "Real" bilan 1/8 final javob o'yinida harakat qilmagan (PSJ turnirni tark etgan), 2018/19 yilgi mavsum esa qo'l sinishi sabab MYU bilan ikkala o'yinni o'tkazib yuborgan (PSJ yana turnirni tark etgan).



So'nggi ikkita yaxshi 2019/20 va 2020/21 yilgi mavsum pley-off o'yinlaridan so'ng yana jarohatlar oqimi keldi – Neymar o'tgan mavsum to'pig'idagi muammodan uzoq tiklangani sabab "Real" bilan 1/8 finalning ilk o'yinida atigi 17 daqiqaga maydonga chiqdi, so'ngra ikkinchi o'yinda 90 daqiqa harakat qildi (PSJ musobaqani tark etdi). Endi esa umuman butun pley-offni o'tkazib yuboradi.


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика