Neymar iyul oyida to'liq mashg'ulotlarni boshlaydi. Hujumchining tiklanishi rejaga muvofiq davom etmoqda
23 may 2023 16:58
Yangiliklar
Neymar iyul oyida to'liq mashg'ulotlarni boshlaydi. Hujumchining tiklanishi rejaga muvofiq davom etmoqda
Neymar yozda mashg'ulotlarga kirishadi.
PSJ hujumchisi mart oyida to'pig'idan jarohat oldi va mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmaydi.
"Get French Footabll News" nashrining xabar berishicha, braziliyalik futbolchi iyul oyida to'liq mashg'ulotlarni davom ettiradi. Futbolchi tiklanishida hech qanday asorat kuzatilmadi, hammasi reja bo'yicha ketmoqda.
Hujumchi o'tkazilgan operaciya tufayli yana bir necha yil eng yuqori saviyada – klubda ham, terma jamoada ham o'ynay olishiga ishonmoqda.
Fikrlar