So’nggi yangiliklar

Neymar Emeridan norozi. Murabbiy hujumchining tanqidi sabab o'z ishiga o'zgartirish kiritdi Yangiliklar

Neymar Emeridan norozi. Murabbiy hujumchining tanqidi sabab o'z ishiga o'zgartirish kiritdi

Teglar :  Unai EmeriNeymarPSJ
PSJ hujumchisi Neymar jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri bilan yaxshi aloqada emas.

"L’Equipe"ning tasdiqlashicha, braziliyalik mutaxassisni qo'llab-quvvatlamaydi va uni kuchli murabbiy deb hisoblamaydi. U Emeriga tez-tez etiroz bildiradi va uning taktik qarorlarini eshitmaydi.

Bundan tashqari, aynan shu sabab ispaniyalik mutaxassis tayyorgarlik jarayonini o'zgartirishga majbur bo'ldi. Neymarning tanqidi sabab endi o'yinlarning videotahlili oldingidan ko'ra kamroq bo'ladi. Yani, videotahlillar vaqti qisqartirildi.

Bu holatda Neymar PSJ o'yinchilarining qo'llab-quvvatlashiga Emeridan ko'ra ko'proq erishmoqda.


Reyting: -26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика