Neymar diskvalifikaciya qilinishi mumkin

Mirjalol Normatov
3 fev 2020, 19:55
PSJ hujumchisi Neymar Fransiya chempionatining 22-turi doirasida "Monpele"ga qarshi o'yinda hakamni haqorat qilganligi uchun diskvalifikaciyaga uchrashi mumkin.

"L'Equipe" xabariga ko'ra, futbolchi uchrashuv yakunlanganidan keyin tribunaosti yo'lakda hakamni uyatsiz so'zlar bilan haqoratlagan. Braziliyalikka o'yin paytida qilgan finti sportga hos bo'lmagan harakat deb hisoblangan va hakam unga sariq kartochka ko'rsatgan.

Ushbu mavsumja 27 yoshli Neymar PSJ tarkibida 18 o'yinda qatnashib, 15 gol urdi va 10 bora gollarga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L'Equipe