Neymar Dani Alvesning jazo muddatini kamaytirishlari uchun kattagina pul to'lagan
24 fev 2024 14:49
Yangiliklar
Neymar Dani Alvesning jazo muddatini kamaytirishlari uchun kattagina pul to'lagan
"Al Hilol" hujumchisi Neymar "Barselona" va Braziliya termasidagi sobiq jamoadoshi Daniel Alvesga yordam berdi.
Alves 2022 yilda Kataloniyadagi tungi klubda bir ayolni zo'rlaganlikda ayblanib, 2023 yil yanvar oyidan buyon hibsda ushlab turilgandi. Avvaliga 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkinligi aytilgan Dani bir necha kun avval 4,5 yil qamoq jazosiga hukm qilindi.
Biroq masalaga Neymar aralashgan va sud xarajatlariga yordam berish maqsadida 150 000 evro to'lab bergan. Bu pullarning malum qismi jabrlanuvchiga kompensaciya sifatida tegadi va bu holat sudning yakuniy qarorini ham yumshatilishiga zamin yaratdi. SHuningdek, Neymar Alvesni himoya qilish uchun o'zining eng yaxshi advokatlaridan biri Gustavo Ksistoni "ishga solgan".
Fikrlar