Neymar: "Braziliya terma jamoasi muxlislardan ajrab qoldi"
20 fev 2022 21:55
Yangiliklar
Neymar: "Braziliya terma jamoasi muxlislardan ajrab qoldi"
Futbolchining mavjud vaziyatdan hafsalasi pir bo'lgan.
PSJ va Braziliya termasi hujumchisi Neymar muxlislarning terma jamoaga bo'lgan munosabati haqida gapirdi.
"Braziliya terma jamoasi muxlislardan juda uzoqlashib ketdi. Bu qanday bo'lganini bilmayman, lekin hozir o'yinlarimiz haqida juda kam gapiriladi. Braziliya terma jamoasida o'ynash endi muhim narsa sifatida qabul qilinmagan avlodning bir qismi bo'lish juda achinarli", – dedi Neymar.
Braziliya navbatdagi o'yinini 24 mart kuni o'z maydonida CHiliga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar