Neymar 2019 yilning yozida "Real"ga o'tadi

Aslanov Jasurbek
14 fev 2018, 15:40
"Pari Sen-Jermen" hujumchisi Neymar 2019 yilning yozida "Real"ga o'tishi mumkin.

Ispaniyaning "Mundo Deportivo" nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, braziliyalik fransiya chempionatining saviyasidan xafsalasi pir bo'ldi va LaLigaga qaytmoqchi. "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres 2013 yil "Barselona" uni xarid qilishidan oldin braziliyalikni sotib olmoqchi bo'lgan edi. Peres hozir ham uni "Real"da ko'rmoqchi va bir yil kutishga tayyor. Agar PSJ Chempionlar ligasida g'olib bo'lsa va Neymar "Oltin to'p"ni qo'lga kiritsa, rahbariyat forvardni qo'yib yuborishga rozilik beradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia