Nevill: "Pochettino - "Manchester Yunayted"ning bosh murabbiyi bo'lishini istayman"
01 may 2018 14:38
Yangiliklar
Nevill: "Pochettino - "Manchester Yunayted"ning bosh murabbiyi bo'lishini istayman"
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Gari Nevill Joze Mourinodan keyin jamoani Maurisio Pochettino boshqarishini istaydi.
"Pochettino "Tottenxem"da fantastik darajada ishladi. "SHporlar" yildan yilga o'sib borishmoqda, ular endi grand jamoa va har yili ECHLda o'ynamoqda. Ular chempionatni kuchli to'rtlikda yakunlashiga ishonaman. "Tottenxem" - so'nggi 50 yillikdagi eng yaxshi holatida.
Umid qilamanki, Mourino "Manchester Yunayted"da yana bir necha sovrinlar yutadi. U ham fantastik murabbiy. Bir, ikki yoki uch yildan keyin u jamoadan ketadigan bo'lsa, Pochettino MYUni boshqarishini istayman", - dedi Nevill.
Fikrlar