Nevill: "Agarda Mourino qolganida MYU dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachisini yo'qotardi"
27 dek 2018 22:25
Yangiliklar
Nevill: "Agarda Mourino qolganida MYU dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachisini yo'qotardi"
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Fil Nevill "qizil iblislar" xavbeki Pol Pogbaning o'yinlari haqida gapirdi.
"Balki Pogba Evropadagi eng yaxshi yarim himoyachidir. Biroq so'nggi 18 oy davomida Mourino bilan janjallari tufayli u o'zidan yomon taassurot qoldirayotgandi.
Hozirda unga katta imkoniyat va erkinlik berilmoqda. Pogba yaxshi jismoniy holatda bo'lsa, u jamoaning etakchisiga aylanadi. U bunday o'yinlari bilan bir mavsumda 12-15 gol ura olishi kerak.
Agarda Mourino qolganida MYU dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachilardan birini yo'qotgan bo'lardi deb o'ylayman. Pogba so'nggi o'yinlarda zaxirada qolib ketayotgandi", - dedi Nevill.
Fikrlar