So’nggi yangiliklar

01:46Команнинг "Барселона"га ўтиши истисно этилмаган, аммо "блауграна"ни вингернинг жароҳатлари ва маоши хавотирга солмоқда  1 01:22"Ливерпуль" ван Дейкка янги шартнома таклиф қилмайди?!  0 00:58Александр Хомяков: "Бугунги ўйинда ҳеч нарса ўхшамади, нима бўлганини тушуна олмаяпман"  5 00:34Иван Бошкович: "Ишлашимиз лозим бўлган жиҳатлар бор"  1 00:21Григорий Колосовский: "Натижа адолатли бўлди"  0 00:04Илёс Зейтуллаев: "Бугунги уч очконинг қиймати олтинга тенг эди. Биз ҳафа қилган "болбой" йигитчага дастхатлар туширилган футболка совға қиламиз"  5 23:52Альварес Мадридга учиб келди ва эртага тиббий кўрикдан ўтади. Форвард "Сити"дан "Атлетико"га 75+20 млн евро эвазига ўтади  3 23:30Аброр Имомхўжаев "Пахтакор-79" авиаҳалокатини ёдга олди  0 23:11Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" илк турда ўз майдонида "Трабзонспор" билан дуранг ўйнади  2 23:03МЮ ва Бруну бир йилга узайтириш банди билан 2027 йилга қадар шартнома бўйича келишувга эришишди  2 22:31Педру Нету 60+3 млн евро эвазига "Вулверхэмптон"дан "Челси"га ўтди  0 22:15Суперлига. "Бунёдкор" - "Андижон" 2:0  4 21:59Суперлига. "Бунёдкор" мавсумдаги иккинчи ғалабасини "Андижон" билан ўйинда қайд этди  60 21:56Ўртоқлик ўйини. "Атлетико" "Ювентус"ни ишончли ҳисобда таслим этди, Феликс яна гол урди  3 21:09Суперлига. "Сўғдиёна" — "Металлург" 2:2  1

Nenad Nikolich: “Menga Sardor Rashidovning o'yini yoqdi” Yangiliklar

Nenad Nikolich: “Menga Sardor Rashidovning o'yini yoqdi”

O'tgan hafta Eronning “Fulad” klubidan ikki vakil yurtimizda mehmon bo'lishdi.
Bular - “Fulad” bolalar akademiyasi rahbari, shuningdek selekcioner murabbiyi Nenad Nikolich hamda klub matbuot kotibi Afshin Ahmadi. Tashrifdan ko'zlangan maqsad “Fulad” uchun o'yinchi qidirish edi.

Xorvatiyalik murabbiy ikkita o'yinni ko'rishga va o'ziga maqul kelgan futbolchilarni ko'zdan kechirib olishga muvaffaq bo'ldi. “Fulad” vakillari Eronga qaytib ketishlaridan oldin bizda Nenad Nikolich bilan suhbat uyushtirish imkoniyati yuzaga keldi va bu imkoniyatni qo'ldan boy bermadik.

-   Janob Nikolich, Eronda qachondan beri ishlayapsiz?
-   2002 yildan beri shu mamlakatda ishlab kelyapman. Avvaliga asosiy tarkibni boshqardim, Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etdim. Keyin esa to'rt yil davomida “Fulad” bolalar akademiyasida rahbar bo'lib ishladim. Bundan tashqari, Eron milliy va olimpiya terma jamoalarida ham qisqa muddat faoliyat olib borganman. Hozir yana “Fulad” akademiyasini boshqarish bilan birga asosiy tarkib murabbiylar shtabida ham ish olib boryapman. Vazifam asosiy tarkibga o'yinchi topishdan iborat.

-   “Fulad” akademiyasida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar qanday?
-   SHaroit juda ajoyib. Bizda mashg'ulot o'tkazish uchun beshta maydon bor va shundan ikkitasida asosiy tarkib ham shug'ullanib turadi. Futbolchilarni kuchli nazorat ostida muntazam tekshirib boramiz. Bu yilgi mavsum oldidan 12 o'yinchini asosiy tarkibga jalb qildik. Sizga aytsam, “Fulad” akademiyasi Erondagi eng mashhur akademiya hisoblanadi. Jamoa sardori Baxtiyor Rahmani klub tarbiyalanuvchisi va o'z o'yini bilan barchaga o'rnak bo'lib kelmoqda. U shu yil Braziliyada o'tkazilgan jahon chempionatida ham ishtirok etdi. Umuman olganda, asosiy tarkibning 90 foizi klub akademiyasidan chiqqan futbolchilar.

-   O'zbekistonga kelishdan maqsadingiz nima bo'ldi?
-   Bilasiz, kelasi yil Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etamiz. SHu bois bu erga asosiy tarkib uchun o'yinchi ko'rishga kelgandim. Jamoamizda uchta legioner bor va hozircha osiyolik futbolchi limiti ochiq turibdi. Balki o'zbekistonlik bironta futbolchi bizga maqul kelib qolar degan niyatda bu erga kelib ikkita o'yinni kuzatdik: “Bunyodkor” - “Paxtakor” hamda Kubok finali “Lokomotiv” - “Bunyodkor”.

-   Bu o'yinlar sizda qanday taassurot qoldirdi va kimlarni kuzatdingiz?
-   “Bunyodkor” - “Paxtakor” uchrashuviga to'xtaladigan bo'lsam, “Bunyodkor”ga oxirigacha xarakter etishmadi. Natijada jamoa 2:0 hisobida oldidan borayotib, keyinchalik uchta to'p o'tkazib bordi va mag'lub bo'ldi. Menga “Bunyodkor” yarim himoyachisi Sardor Rashidovning harakatlari yoqdi. Bilasizmi, men uchun futbolchining to'psiz qanday harakat qilishi ham juda muhim. SHunday o'yinchilar bor, ular to'psiz qolganda harakatsiz qolishadi va orqaga qaytib himoyachilarga yordam berishmaydi. Rashidovda shunaqa kamchilik bor ekan. U qachonki to'p o'ziga tushsagina o'yinda ishtirok etyapti, boshqa payt uning bor-yo'qligi deyarli sezilmadi. Menga shuningdek, hujumchi Vohid SHodievni ham tavsiya qilishdi. To'g'ri, u yaxshi hujumchi, gol uradi, lekin muammo shundaki Vohid faqat jarima maydonchasi ichidagina xavfli ko'rinyapti. Maydonning qolgan qismida u o'ynayotgani yo'q, piyoda yuradi desayam bo'ladi. “Paxtakor”da esa 10-raqamda to'p tepadigan Jamshid Iskanderov bor ekan. Uning ham o'yini menga yoqdi, faqat unda ham muammo shu: to'p bilan o'zini ko'rsata olyapti, boshqa payt ko'rinmayapti.

-   Menimcha, bu kabi muammolar chempionatning saviyasi tufayli bo'lsa kerak.
-   Men ham shunday deb o'ylayman. Biz Sardor Rashidovga taklif bilan chiqqanimizda uning o'zi Evropaga ketishni istayotganini aytdi. Aytaylik, u Evropaga bordi deylik, ammo u erda murabbiy uning qachon to'psiz harakat qilishini o'rganishini kutib o'tirmaydi. Ularda buning uchun vaqt ham yo'q, qolaversa evropaliklarga tayyor o'yinchi kerak. Masalan, Rashidov bizning jamoaga keladigan bo'lsa, uni tarbiyalab ikki yildan so'ng Evropaga yuborishimiz mumkin. Ammo hozir futbolchi bunga tayyor emas. Vohid SHodievda esa o'yin ritmi doim bir xil ekan. Masalan, siz mashinalar poygasida qatnashyapsiz. Tezlikni doim bir xilda ushlab turmaysiz-ku, to'g'rimi? Bazan oshirasiz, bazan tushirasiz. Ammo SHodievni ko'rganimda uning doim bir xil o'yin ko'rsatishini payqadim. Unda “portlash” hissini sezmadim.

-   Sizningcha, nima sababdan eronlik futbolchilar ingliz tilini o'rganishga qiziqishmaydi?
-   Muammo shundaki, ular ichki chempionatda o'ynab katta pul topishyapti va chetga chiqishga qiziqish oldingidek zo'r emas. Futbolchi oliy ligada bir mavsum o'ynab yaxshi kvartira, mashina, qimmatbaho telefonlar sotib olyapti va shuning o'zi men uchun etarli degan xayolga boryapti. Nafaqat Eronda, balki Osiyoning ko'p davlatlarida shunday muammo bor deb o'ylayman.

-   “Fulad” akademiyasida bolalar murabbiylari qaysi tartibda ishlashadi?
-   Har bir yoshdagi guruh bilan ikki yoki uch nafar murabbiy ish olib boradi. Aytaylik, eng kichik yoshdagi guruhni murabbiy ikki yil shug'ullantiradi va keyin boshqa murabbiyga topshirib, o'zi boshqa guruhni qabul qilib oladi. Agar o'sha guruhni ikki yil shug'ullantirgan murabbiyning ishidan biz qoniqsak, guruhini boshqa murabbiyga topshirayotganda o'zi ham yangi murabbiylar shtabiga ko'chib o'tadi. Va shu tariqa murabbiy bolalar futbolidan kattalar futboli sari o'sib boradi. Agar murabbiy o'zi ikki yil mobaynida shug'ullantirgan guruhdan birorta o'yinchini tarbiyalab bera olmasa, unda yana kichik yoshdagi bolalar bilan ishlashda davom etaveradi, toki o'z ustida ishlab yuqoriga ko'tarilmaguncha.

-   Bolalar murabbiylariga to'lanayotgan maosh haqida ham to'xtalsangiz?
-   Albatta, hamma joyda bo'lgani kabi asosiy tarkib bilan ishlaydigan murabbiylar birmuncha katta miqdorda maosh oladi. Lekin yil oxiriga kelib asosiy tarkib o'z oldiga qo'yilgan vazifani bajarsa, buning uchun akademiya murabbiylari ham qo'shimcha bonuslarga ega bo'lishadi. Masalan, “Fulad” o'tgan mavsum chempionlikni qo'lga kiritganidan keyin klub prezidenti akademiyada ishlayotgan murabbiylarga 10 ming dollardan mukofot puli berdi. SHunday qilinsa, har bir bolalar murabbiyi asosiy tarkib uchun ishlayotganini anglab etadi. CHunki g'alaba faqat asosiy tarkibniki emas, balki butun jamoaniki hisoblanadi. Aslini olganda, hamma klubda shunday bo'lishi kerak, negaki qo'shimcha bonuslar murabbiyning yanada ishtiyoq bilash ishlashiga xizmat qiladi.

-   Agar siz “Paxtakor” yoki “Bunyodkor”dan bironta futbolchini “Fulad”ga taklif qilsangiz, ular Eron oliy ligasida o'ynab keta oladimi?
-   Bu erda ko'p narsa futbolchining o'ziga bog'liq. Masalan, menga Vohid SHodiev ishtirok etgan o'yinlardan disklarni ko'rsatishdi. Bilasiz, disklarga eng muhim vaziyatlarni kesib rolik yasashadi. Va uni ko'rganingizda bu futbolchi super degan xayolga borasiz. Ammo maydonda ko'rib aslida bunaqa emasligining guvohi bo'ldim. Aytib o'tganimdek, SHodiev faqat to'p o'ziga kelgandagina o'ynashni boshlar ekan. Yoki “Paxtakor”da harakat qilgan qilgan 4-raqamdagi o'yinchi Boyan Miladinovichni olaylik. U ko'p hollarda o'zi to'p tepishi kerak bo'lgan chiziqni tashlab boshqa joylarga o'tib ketdi. Natijada jamoa ikkita gol o'tkazib yubordi. Keyin esa murabbiy uni almashtirdi. Har bir futbolchi uchun intizom juda muhim hisoblanadi. Lekin Sardor Rashidov “Fulad”da o'ynab ketsa kerak, faqat uning o'zi Evropaga ketishni xohlayapti.   

Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика