So’nggi yangiliklar

22:17"Реал" УЕФА Суперкубоги учун бошланғич таркибини эълон қилди. Мбаппе асосий таркибда!  1 22:08Анвар Бердиев: "Ютишимиз ҳам, ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  1 21:52Ҳаким Фузайлов: "Бугун икки очко йўқотдик"  0 21:30Сильванус Нимели расман янги клубга ўтди  0 21:10"Футбол олами". "Насаф" "Пахтакор"ни ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этди — Суперлиганинг 15-тури ҳақида барчаси  1 21:07ПСЖ деярли 60 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 20:59Про-лига. "Хоразм" - "Шўртан" учрашувида ғолиб аниқланмади  1 20:4235 ёшли хавбек "Барса"га ўтиши мумкин?!  6 20:10"Рома" Шомуродовнинг рақобатчисини бошқа клубга юбормоқда  5 19:55Про-лига. "Дўстлик" "Олимпик Mobiuz" устидан ғалаба қозонди  1 19:35"Ал Қодисия" навбатдаги юлдуз футболчи билан келишувга эришди  7 19:15Olamsport: Баҳодир Жалолов ўзидан кейинги чемпион номини айтди, яна бир ўзбек спортчиси UFC билан шартнома имзолади  0 18:31Суперлига. 16-тур ўйинларини бошқариб борадиган ҳакамлар маълум  3 17:56"Атлетико" тўхтамаяпти, улар энди "Барселона" футболчиси билан келишиб олишди  4 17:14Равшан Эрматовга ҳамдардлик билдирамиз  16

"Nemis buldogi" Oliver Kan haqida Yangiliklar

"Nemis buldogi" Oliver Kan haqida

Bugun Germaniya terma jamoasining afsonaviy darvozabonlaridan biri Oliver Kan haqida malumotlar beramiz.

Oliver Rolf Kan (Oliver Rolf Kahn) – germaniyalik darvozabon. Uch marta dunyoning eng kuchli darvozaboni, to'rt marta Evropaning eng kuchli posboni deb topilgan. Jahon chempionatining kumush va bronza medallari sohibi. Evropa chempioni. Germaniyaning 8 karra chempioni, olti marta Germaniya kubogi sohibi bo'lgan.

O'z davrining eng kuchli darvozabonlaridan biri bo'lgan. Ayni paytda Germaniya TVsida sharhlovchi sifatida faoliyat olib bormoqda.
Oliver Kan 1969 yilning 15 iyunida Germaniyaning Karlsrue shahrida tug'ilgan. Futbolga qadamlarini ham aynan “Karlsree” jamoasida qo'ygan. 18 yoshida ushbu jamoaning uchinchi raqamli posboni sifatida kattalar jamoasiga qabul qilinadi.Albatta, avvaliga barchasi qiyin bo'lgan. Kan uzoq vaqt zaxira o'rindig'iga o'tirib, sabr bilan o'z imkoniyatini poylagan.

1990 yilda Kan nihoyat “Karlsrue” asosiy tarkibida debyut qilgan. CHunki, jamoaning asosiy posboni Famula uchta o'yinga diskvalifikaciya qilingandi. Lekin, uning asosiy tarkibdagi o'yinlari murabbiylar shtabi va muxlislarda yorqin taassurot qoldirgani yo'q – qahramonimiz uchta o'yinda o'z darvozasidan 9 marta to'p olib chiqishga majbur bo'lgan. SHu tariqa, u yana zaxira o'rindig'iga qaytgan va bir yil davomida o'sha erda vaqtini o'tkazgan. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, yosh posbon shundan so'ng ham taqdirga tan bermagan va o'z ustida tinmay mehnat qilib, o'z vaqtini kuta boshlagan.
Ushbu mehnat albatta o'z samarasini bermay qolmagan. Kan o'ziga imkon berilgan o'yinlarda ishonchli harakatlar namoyish qilgan va asosiy tarkib posbon bo'lishga loyiq ekanligini isbotlagan.
1992/93 yilgi mavsumda aynan Oliverning say-harakatlari evaziga “Karlsrue” UEFA Kubogida ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritdi. SHundan so'ng darvozabonning ishlari yurishib ketgan va asta sekin ko'zga ko'rina boshlagan.

Bir yildan so'ng esa jamoa ushbu turnirning yarim finaligacha etib boradi. Yozda esa pasbonni Myunxenning “Bavariya” jamoasi o'z safiga chorlaydi.SHundan so'ng u “Bavariya” safida ECHL o'yinida debyut qilgan. 1995/96 mavsumda esa jamoasi bilan UEFA Kubogi sohibiga aylangan.
1997 yilda Oliver Kan ilk marta Germaniya Bundesligasining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
Bu orada Kan mashhur nemis klubida nafaqat birinchi raqamli posbon, balki, jamoaning haqiqiy etakchisiga aylangan.
Lekin, shuni ham takidlab o'tish lozimki, qahramonimizning muxlislar bilan munosabatlari havas qilardi darajada bo'lmagan. Albatta, “Gorilla”, “Maymun” kabi laqablar qo'yishsa kimga ham yoqardi?


1999 yil. Darvozabonning faoliyati eng gullagan davrlar. Germaniya chempionligidan tashqari, u dunyoning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan. Barchasi yaxshi ketayotgandi. Afsuski, o'sha yili CHempionlar Ligasi finalida “Manchester Yunayted”ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda so'nggi uch daqiqada ikkita gol o'tkazib yuborish posbonning faoliyatidagi qora kunlardan biri bo'lgan.



SHunga qaramay u to'xtab qolmadi. Yanada qattiqroq mehnat qilishni boshlagan Kan ikki yildan so'ng o'zi istagan CHempionlar Ligasi kubogini boshi uzra ko'tara oldi.
SHuncha muvaffaqiyatga qaramay, “Olli”ning terma jamoadagi ishlari ko'p ham joyida bo'lmagan. U JCH-94, JCH-98da, Evro-96 kabi turnirlarda qatnashgan bo'lsada, unga terma jamoaning ikkinchi yoki uchinchi darvozaboni sifatida qarashardi.

Evro-2000 saralashida esa Oliver Germaniya terma jamoasining asosiy posboniga aylana boshlagan. Terma jamoa deyarli muammosiz qita chempionatiga yo'l oladi. Lekin, turnirning final qismida germaniyaliklar guruh bosqichida so'nggi o'rinni olib, ortga qaytishga majbur bo'lishgan.
2002 yil Osiyoda bo'lib o'tgan Mundialda esa Kan Germaniya terma jamoasining haqiqiy etakchisi ekanligini isbotlay olgan va jamoasi bilan finalga yo'l olgan. Biroq, “nemis mashinasi” o'shanda Braziliya terma jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan va JCHning kumush medallari bilan kifoyalangan. Lekin baribir, Kan o'sha yili dunyoning eng kuchli darvozaboni deb topilgan.



Bu orada u “Bavariya” bilan yana ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan. O'z mamlakatida bo'lib o'tgan jahon chempionatida bronza medali egasiga aylangan.
2007/08 yilgi mavsum Oliver Kan uchun faoliyatidagi so'nggi mavsum bo'ldi. O'sha mavsumni ham u albatta o'zi uchun ikkinchi uyi bo'lib qolgan “Bavariya”da o'tkazgan. Umuman olganda, qahramonimiz ushbu klub tarihida o'chmas iz qoldirgan o'yinchilardan biri hisoblanadi.

2008 yilning 2 sentyabrida esa muxlislar bilan to'lib toshgan “Alyanc Arena”da Kanning xayrlashuv o'yini bo'lib o'tgan. O'shanda “Bavariya” hamda Germaniya terma jamoalari ushbu o'yinda o'zaro kuch sinashishgandi.
Oliver Kan ayni paytda Germaniya telekanallaridan birida sharhlovchi sifatida faoliyat olib bormoqda.




Erishgan yutuqlari

Germaniya terma jamoasida

Evropa CHempioni: 1996
Jahon chempionati kumush medali sohibi: 2002
Jahon chempionati bronza medali sohibi: 2006

"Bavariya"

Germaniya chempioni: 1996/97, 1998/99, 1999/00, 2000/01, 2002/03, 2004/05, 2005/06, 2007/08
Germaniya Kubogi sohibi: 1997/98, 1999/00, 2002/03, 2004/05, 2005/06, 2007/08
Nemis ligasi kubogi sohibi: 1996/97, 1997/98, 1999/00, 2003/04, 2006/07
UEFA Kubogi sohibi: 1995/96
ECHL g'olibi: 2000/01
Qitalararo kubok sohibi: 2001

SHahsiy yutuqlari:

IFFHS talqini bo'yicha dunyoning eng yaxshi darvozaboni: 1999, 2001, 2002
Evropaning eng yaxshi darvozaboni: 2000, 2001, 2002
Germaniyaning eng yaxshi futbolchisi: 2000, 2001
Bundeesliganing eng yaxshi darvozaboni: 1993/94, 1996/97, 1997/98, 1998/99, 2000/01
JCHning eng yaxshi futbolchisi: 2002
Lev Yashin nomidagi sovrin sohibi: 2002
Halol o'yin uchun UEFA sovrini: 2001
"FIFA 100" ro'yxatiga kiradi


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика