Nematulla Qutiboev: "Registon" ustidan g'alaba qozonishimizni bilgan edim"
13 apr 2014 11:24
Yangiliklar

Nematulla Qutiboev: "Registon" ustidan g'alaba qozonishimizni bilgan edim"
Kecha O'zbekiston birinchi ligasi doirasidagi 3-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Jumladan Samarqandda "Registon" ustidan yirik 4:0 hisobida g'alaba qozongan "Orol" jamoasi bosh murabbiyi Nematulla Qutiboev o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Jamoamiz yosh va asta sekin o'z o'yinini topib bormoqda. O'tgan turda qozonilgan juda qiyin g'alaba yigitlarni ruhlantirdi. "Registon" jamoasi bizga qarshilik ko'rsatdi lekin men ochig'ini aytsam ushbu o'yinda g'alaba qozonishimizni bilar edim. Jamoamiz bitta jamoa bo'lib o'yin ko'rsatdi va natijasini ko'rsatdi. Boshqa uchrashuvlarda ham mana shunday ahil jamoani ushlab qola olsak biron natijaga erishamiz.
Dastlabki bo'limdagi o'yindan to'la qoniqish hosil qildim. Nizanov va Xaipovlarning o'yini yaxshi tomonga o'zgarib jamoani oldinga boshlay olayapdi.
Jamoaning hozirgi imkoniyatidan kelib chiqib dastlabki vazifamiz bu kuchli sakkizlikka kirib keyingi bosqichga yo'l olish" - deydi Nematulla Qutiboev

Fikrlar