So’nggi yangiliklar

07:40"Арал" россиялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  0 00:58Трент АПЛга қайтиши мумкин  3 00:39Саудия Арабистони. "Ал Насср" Роналдусиз иккинчи ўйинда ҳам ғалабага эришди  9 00:11Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади"  2 23:47"Реал" вингери сафдан чиқди  8 23:24"Ал Насср" футболчиси "Зенит"га ўтмоқда  5 22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  12 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  2 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  24 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  6 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  2 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  28 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  2

Nematulla Qutiboev O'zbekiston MTJning g'alabasiga ishonmoqda Yangiliklar

Nematulla Qutiboev O'zbekiston MTJning g'alabasiga ishonmoqda

Tajribali sobiq hujumchi Nematulla Qutiboevning o'z vaqtida qanday futbolchi bo'lganligini ko'pchilik yaxshi bilsa kerak.

Tajribali sobiq hujumchi Nematulla Qutiboevning o'z vaqtida qanday futbolchi bo'lganligini ko'pchilik yaxshi bilsa kerak.

Faoliyati davomida MTJda ham o'ynashga muvaffaq bo'lgan qoraqalpoq o'g'loni bugungi o'yin oldidan fikrlarini bildirib o'tdi. 

- Avvalo futbolchilarimizning KXDRga qarshi ko'rsatgan o'yinini alohida etirof etgan bo'lardim. SHu kuni barcha yigitlar astoydil xarakat qildi. To'g'risi, yakdil bir jamoa shakllanganib borayotganiga guvoh bo'lmoqdamiz. Oldin ko'pincha o'yin bu darajada qovushmasdi. Bugungi kunga kelib futbolchilarda o'z kuchiga bo'lgan ishonch ortgani ko'rinib turibdi  deya gap boshladi Qutiboev. 

- Bugungi uchrashuvda garchi Yamanni ko'pchilik autsayder sifatida ko'rsatayotgan bo'lsada, hammasini o'yinda bilinadi. Oldindin bir nima deyish qiyin. Lekin shunga qaramay shaxsan o'zim bugun vatanimiz bosh jamoasidan g'alaba kutyapman va ishonmanki yigitlar yorug' yuz bilan qaytadi.  

- Hujumchilar haqida nima deyish mumkin? Tajribali Aleksandr Geynrix haqida ortiqcha etirof shart emas menimcha. Uni barcha biladi qanday saviyadagi futbolchi ekanligini. Zaxiradan tushib bo'lsada, eng muhimi foyda keltirayotgani tahsinga loyiq. Aslida ham hujumchini asosan uning urgan gollari tanitadi. Yana bir iqtidorli hujumchi Igor Sergeev haqida ham ijobiy fikrlarni bildirish mumkin. Juda havfli futbolchi. Raqib jarima maydoni ichida joy tanlashni qoyillatmoqda. Bu bilan u himoyachilarga jiddiy tashvish tug'dirayotganini aytish darkor. Menimcha bugungi uchrashuvda ham murabbiylar Sergeevni boshlang'ich tarkibda maydonga tushirsa kerak. 

Islombek Rustambekov suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика