Nematillo Quttiboev: "Mavsum davomidagi uy uchrashuvlarini eng qiyinlaridan birini o'tkazdik"
16 okt 2023 20:06
Yangiliklar
Nematillo Quttiboev: "Mavsum davomidagi uy uchrashuvlarini eng qiyinlaridan birini o'tkazdik"
Pro-liga 21-turidan o'rin olgan "Aral" - "Mashal" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Nematillo Quttiboev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O'yin haqida
- "Mashal" yaxshi shakllangan va kuchli jamoa. Bugun o'z maydonimizda o'tgan eng qiyin o'yinlardan birini o'tkazdik. Bizni hamisha qo'llab-quvvatlab kelgan, butun mavsum davomida yolg'iz qoldirmagan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. SHuningdek, maydonda har bir uchrashuvda jang qilgan futbolchilarimizga ham rahmat aytaman.
Bugun beshlikka kirish vazifasi yuzasidan harakat qildik. Vaziyatlarimizning hammasidan ham foydalana olmadik. SHunday bo'lsa ham yakunda g'alabaga erishib, o'zimiz uchun zarur ochkolarni qo'lga kiritdik.
- Turopovning jarohati haqida aytib o'tsangiz...
- Turopov ayni damda mashg'ulotlarga qo'shilgani yo'q. Tez orada safimizga qaytishiga umid qilayapmiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўз уйида "Манчестер Сити"га ютқазди
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Роналду дунёнинг машҳур фильмида роль ўйнайди
Fikrlar