So’nggi yangiliklar

19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  3 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  2 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  3 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  4 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  4 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  101 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  3

Nega Islombek Ismoilov "Qizilqum" bilan o'yindan keyin matbuot anjumaniga kelmadi? Ilhom Zaylobiddinov javob berdi Yangiliklar

Nega Islombek Ismoilov "Qizilqum" bilan o'yindan keyin matbuot anjumaniga kelmadi? Ilhom Zaylobiddinov javob berdi

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Turon" - "Qizilqum" (0:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar murabbiyi Ilhom Zaylobiddinov o'z fikrlarini bildirdi.





"Qizilqum"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun ishtiyoqimiz katta edi, yigitlar maydonga faqat g'alabani o'ylab tushishgandi. Ancha qiyinchiliklar bo'ldi, birinchi taymda juda yaxshi o'ynadik, 65-daqiqalardan keyin futbolchilarimiz charchab qolishdi. "Qizilqum" so'nggi daqiqalarda yaxshiroq o'ynadi. Muxlislarimizga rahmat aytaman, bizni ajoyib tarzda qo'llab turishdi. Rahbariyatimizga shunday sharoitlar yaratib berishgani uchun minnatdorchiik bildiramiz. Bugun g'alaba qozonamiz deb yaxshi niyatda tushgandik, afsus...muxlislardan uzr so'raymiz.

Qiyin o'yin bo'ldi. "Turon" futbolchilariga ham rahmat, ular mehnat qilishdi, omad raqibga kulib boqdi", - deydi Ilhom Zaylobiddinov.

- Islombek Ismoilov "Turon" yutqazgani uchun matbuot anjumaniga kelmadimi yoki boshqa sabab bormi?

- Vaziyatni ko'rib turibsizku, albatta mag'lubiyat qattiq tasir qildi. Hozir uning holatini tushunib turibman. Matbuot anjumanida qatnashishi qiyin.

- Aslida "Turon"ga tegishli bo'lgan Doniyor Ismoilovni yozda qaytarish niyati bormi?

- Buni vaqt ko'rsatadi. Hozircha kim keladi, kim ketadi o'ylaganimiz yo'q. Faqat g'alaba haqida o'ylayapmiz. Kubokda yutdik, ammo Superligada yuta olmayapmiz. Yaxshi niyat bilan tushayapmiz, ammo g'alaba yo'q. Hamma narsa bo'lmoqda, ammo oxirida ko'rdingiz nimalar bo'ldi. Futbolda ko'p narsa omadga ham bog'liq ekan.

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика