So’nggi yangiliklar

15:28Зейтуллаев, Алибоев, Йўлдошев ва Жиянов — Суперлигада 14-турнинг энг яхшилари  0 14:07Алибоев, Норчаев, Жиянов, Ҳожимирзаев ... Суперлига 14-тур рамзий терма жамоаси  4 13:27Расман: Оливье Жиру "Лилль"га ўтди  0 13:08"Барселона" 2025/26 мавсум учун уй либосини тақдим этди  1 12:40Ла Лига раҳбари Тебас клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Бу турнир бошқа ўтказилмаслиги учун қўлимдан келган барча ишни қиламан"  8 12:15Дьокереш инглиз клуби билан келишиб олди  0 11:47Факт: Вадим Абрамов жамоаси Виталий Левченко бошқараётган "Нефтчи"ни ҳали ютмаган  9 10:48Бугун аёллар терма жамоамиз Лаосга қарши баҳс олиб боради  0 10:19Суперлига. 15-тур расмийлари маълум. Марказий учрашувни Лутфуллин бошқариб боради  6 09:44Алонсо ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  11 09:17Ўзбекистон кубоги. Бугун сўнгги чорак финалчилар аниқланади  4 08:48Ўзбекистон МТЖ аъзоси “Пахтакор“га қайтиши мумкин  20 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  31 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. Сўнгги чорак финалчи аниқланди  2 07:34Суперлига. Бугун "Динамо" "Нефтчи" учрашуви бўлиб ўтади  13

Nega futbolchilar getra ostini qirqib olishadi? Yangiliklar

Nega futbolchilar getra ostini qirqib olishadi?

Biz doimo futbol ekpirovkasi olamidagi o'zgarishlarni kuzatib boramiz.

Har hafta yangi butsalar paydo bo'lmoqda, har mavsum formaning yangi turlari chiqarilyapti, yillar davomida innovacion yangiliklar yaratilyapti. Bu safar futbolchilar o'ylab topgan g'oya bozorda yangi mahsulotlar paydo bo'lishiga sababchi bo'lgan moda mavzusiga murojaat qildik va sports.ru saytida elon qilingan maqolani sizlarga taqdim etdik.

Biroq, hammasi navbati bilan. Tagi qirqilgan getralar. Butun getralar turganida, kesilgani kimga kerak deb o'ylarsiz. Gap nimadaligini bilishga urindik.



Avvaliga Internet olamini tekshirdik. Masalan, ko'plab futbol yulduzlari kiygan getralar rangi, ostidagi paypoq rangidan farq qiladi.

Keyin, nega Krishtianu Ronaldu getrasini tizzasidan yuqoriga ko'tarib olishi haqida o'ylab qoldik. Unga maxsus buyurtma asosida getralar tikishadimi?



Bu borada Fyodor Smolov fikri bilan qiziqdik:

Moskvada doimo getraning pastki qismini kesib, oyog'imga qalin paypoq kiyib olardim. SHunda oyoq qulay turadi, butsa ichida sirpanmaydi. Jamoamizda hech kim getrani kesmaydi, shu sababli har ehtimolga qarshi klub xodimlaridan ruhsat so'radim. Klubda iltimosim hayratga sabab bo'ldi: "Yo'q, kesish mumkin emas. Bunga homiyimiz qanday munosabatda bo'ladi? Qolganlar ham shunday qilishni boshlashsachi?". Gollandiyaliklar nima istaganimni tushunmagan ko'rinadi. Ammo mening agentim qo'ng'iroq qilib, hammasi haqida kelishib olganini aytdi. Kesilmagan getralarda o'ynash qulay emas.

2012 yilda "Tottenxem" futbolchilari getra ostini kesgani uchun klub murabbiyi Garri Rednapp o'yinchilarni jazolagan. Getrani kesish sababi oddiy bo'lib chiqdi. Xatto yangi getralar ham o'yin paytida biroz sirpanadi va futbolchiga noqulaylik keltirib chiqaradi. Ko'pchilik qalin bo'lgani va butsalar ichida qulay turishi uchun tennis paypoqlarini kiyishgan. Bundan tashqari, futbolchilar nimada mashg'ulot o'tkazishini tomosha qiling: Ular mashg'ulotni getra va himoya vositalarisiz o'tkazadi. Demak, ular futbol faoliyatining ko'p qismini kalta paypoqlarda o'tkazishadi.


Nega getralar osti kesilishini tushundik. Professional o'zini maydonda qulayroq his qilib, mashg'ulotlardagi fintini takrorlashga urinadi. Biroq FIFA qoidalariga ko'ra, bunday qilish mumkin emas, paypoq va getra bir rangda bo'lishi kerak. SHu sababli futbolchilar kesilgan joyni lenta bilan o'rab qo'ya boshlashdi.


Bu moda qanday oqibatlarga olib keldi? Bu ham qiziq:

Birinchidan, bozorda yangi mahsulotlar paydo bo'ldi. Masalan, qalin qilib yaratilgan va to'liq paxtadan bo'lgan paypoqlar sotuvga chiqdi.

SHu bilan birga, bir xil rangda 3 ta element, getra, paypoq va lenta sotila boshlandi.


Ushbu moda faqat professional futbolchilargina emas, balki havaskorlarga ham "yuqdi". Internetda getralarni kesishni ko'plab usullari ko'rsatib o'tilgan. Ular shunday nomalanadi: "Qanday qilib getralarni Krishtianuniki kabi kesish".

Xulosa

Moda futbolda ham katta rolni o'ynaydi. Getralar aslida himoya vositalarini oyoqda ushlab turish uchun kerak bo'lgan. Endi himoya vositalari bilan muammo yo'q, ammo getra esa o'yin davomida noqulaylik tug'dirishi mumkin. Futbolchilar kesilgan getra va qalin paypoqlar bilan o'zlarini maydonda qulayroq his qilishmoqda. SHarqiy Evropa mamlakatlarida qalin paypoq sovuq paytda oyoqlarni issiq ushlab turadi. FIFA qoidalariga qaramay, getra ostini lenta bilan o'rab olish mumkin.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика