So’nggi yangiliklar

10:09Ўртоқлик учрашуви. Бешта гол киритилган баҳсда МЮ испан клубини қийинчилик билан мағлуб этди  0 10:07«Андижон»нинг янги легионери: «Бизда Кубокни ютиш учун яхши имкон юзага келган ва бундан фойдаланиб қолишга ҳаракат қиламиз»  0 09:41Зафармурод Абдираҳматов: "Тарихимиздаги биринчи олимпиадада фақат иштирок билан чекландик"  5 09:14«Милан» «Реал»ни , «Ливерпуль» «Арсенал»ни мағлуб этди. «Челси»дан эса йирик ғалаба  4 08:45МЮнинг 70 миллион евролик харидининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  3 08:13Элдор Шомуродов терма жамоамизнинг олимпия ўйинларидаги иштироки ҳақида фикр билдирди  9 07:45Шунчаки қойил! 6 очкодан маҳрум бўлган Канада аёллар терма жамоаси плей-оффга йўл олди. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  2 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  2 04:48Париж-2024. Ўзбекистон гуруҳ босқичида барча жамоалар ичида қандай кўрсаткичлар қайд этди?   15 00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  2 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  20 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  5 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  3 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  3

Nega Arturo Vidal biz o'ylaganimizdek yomon yigit emas? Yangiliklar

Nega Arturo Vidal biz o'ylaganimizdek yomon yigit emas?

Bir necha kun oldin CHili terma jamoasi va "Yuventus" yarim himoyachisi Arturo Vidal mast xolda ayoli bilan avariyaga uchradi.
Bu hozircha iyun oyining eng katta mojarosidir. Bugun biz uni hurmat qilishingizga majbur qiluvchi malumotlarni etiboringizga havola etamiz.

16 iyunda CHili terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli o'z futbolchilariga tatil beradi. Amerika Kubogi-2015 CHilida o'tayotganini hisobga olsak, chiliklar bazada qulflanib o'tirishidan foyda yo'q. Kimdir uyida qolgan, boshqalar esa do'stlari bilan uchrashgan. Arturo Vidal esa Santyagoning eng yaxshi kazinolaridan biriga borishga qaror qildi. Tun quvnoq o'tdi. Arturo bilan tanishmoqchi bo'lganlar, unga turnirda omad tilashdi. Futbolchiga barchaning diqqat markazida bo'lish yoqardi. Ammo u uyga qaytish vaqti kelganini sezdi. Vidal ayolini olib qimmatbaho mashinaga o'tirdi. Mastlikdagi qandaydir jasorat uni o'zini boshqara oladigandek tasavvur uyg'otdi. Gazni bosdi. Tezkor mashina egasining buyrug'i bilan qo'zg'ala boshladi.


Bu qanday yuz berganini ular hozirgacha tushuna olishgani yo'q. Bir necha soniya oldin u ishonch bilan chambarakni ushlab turgan edi va kutilmaganda: Baland tovush, yorug' chiroq va salon tomondan kelgan zarba.  Qolgani hissiyotlar bilan bog'landi. Vidal ayoliga tez yordam chaqirib, voqea joyiga etib kelgan polciyachilar bilan janjallasha ketdi.

Tongda bu avariya haqida sayyoraning barcha nuqtalarida bilishar edi. Vidal va uning ayoliga hech narsa bo'lmaganini bilgan dunyo, boshqa voqealarga etibor qaratdi. CHililikka esa tonnalab ayblovlar yog'ila boshladi. Tungi hayot, moliya bilan yomon munosabat, oiladagi mojarolar. "Vijdonsiz", "egoist", "manman", "uni jamoadan haydash kerak" va yana shunga o'xshash gaplar. Arturoni haydovchilik guvohnomasidan ayirishdi, Italiyadagi CHili konsullik idorasida yo'qlamadan o'tib turishga majbur qilishdi. Ispaniyaning "Marca" gazetasi esa Vidalning intizomi yomonligi tufayli "Real" va "Manchester Yunayted" uni xarid qilishdan voz kechgani haqida yozdi.

To'g'risini aytamiz. Bu vaziyatda u ahmoq. Ammo jinoyatchi emas. Uning hozirgi va avvalgi o'zini tutishini hisobga olsak ikki narsani inobatga olish lozim. Birinchidan - u janubiy amerikalik. Ikkinchidan - u Janubiy Amerikaning kambag'al oilasida o'sgan. Bu qita vakillari Evropa va osiyoliklarga qaraganda hayotga juda engil qarashadi. Bu erda sharm juda kam, turli hil kechalar juda ko'p, televideniya boshlovchilariga iloji boricha ochiqroq kiyim berishadi. SHu sababli Janubiy Amerika deganda biz hayot haqida o'ylamay, faqat undan rohatlanadiganlarni, Evropa va Osiyo deganda esa og'ir mehnatni tushunamiz.

Xo'sh, shunga nima, Aleksis Sanches ham janubiy amerikalik va xatto chililik, ammo u so'nggi paytlarda faqat yaxshi harakatlar va chiroyli iti bilan hammani og'zida. SHu joyda Vidalning ikkinchi tarafiga etibor qaratamiz. U kichikligida otasi oilani tashlab ketgan. Oila juda kambag'al edi. Bu haqda futbolchining o'zi shunday deydi:

"Bolaligimda ko'p aziyat chekkanman. Doimo xafa edim, besh yoshligimda dadam bizni tashlab ketgan va ota mexriga zor bo'lganman. Ovqat kam edi, muammolar har tomondan yog'ilib kelardi. Ammo bir kuni bunday davom etmasligini tushundim".


Hayot Vidalni bolaligidan ayirdi. Uning tengqurlari mashinachalarini almashib, multfilmlar ko'rib yurgan kezlarida, Arturo taqdir zarbalariga bardosh bergan. Futbolda uning omadi kela boshlaganda, Vidal bu kasb oilasini kambag'alchilikdan olib chiquvchi yagona imkoniyati ekanligini tushundi. Vidal faoliyati davomida faqat shug'ullangan. U doimo o'sishni, eng yaxshi bo'lishni, nimalargadir erishishni istardi. Arturo o'z mehnati tufayli Antonio Konte qisqa muddatda Turinda yaratgan jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi.

Futbolchilik kasbi qiyin. Ammo hammada ham emas. Arturo Vidalda qiyin. SHu sababli unga hech kim asosiy tarkibdan joy kafolatlamagan. SHu sababli nafaqat jismoniy, balki psixologik jihatdan ham ko'proq mehnat qilishga to'g'ri keladi.

CHililik o'z ishi bilan mamlakatini sharmanda qilgan deb o'ylaydiganlar kompyuter va televizorini o'chirib boshqa futbol ko'rmasliklari mumkin. Kolumbiya bilan o'yinda, jahlda raqibga zarba bergan Neymar esa vatanini qiyin ahvolga solib qo'ydi desak bo'ladi. U turnir oxirigacha jamoaga yordam bera olmaydi. Vidal esa CHili uchun kurashda davom etadi. Maydonda tashqarisida sodir bo'lgani esa, o'sha erda qolgani maqul. Undan ko'ra, shifokorlarning ming marotaba ogohlantirganiga qaramay Arturo JCH-2014da o'z mamlakati jamoasiga yordam berish uchun qanday davolaganini eslang.


Xorxe Sampaoli va CHili futbol federaciyasi vaziyatni to'g'ri tushunib, Vidalga intizom jazolarini qo'llamadi. Oldinda turnirda g'alaba qozonish uchun bir nechta uchrashuv bor. Haqiqiy oilada esa nima bo'lishiga qaramay o'zinikilarni tashlab qo'yishmaydi. Endi Vidal Aleksis Sanches bergan quyidagi maslahatga rioya qiladi:
"U bilan suhbatda shunday dedim: "Arturo endi g'alaba qozonish uchun boringni berasan". O'ylashimcha do'stim bunga qodir".

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика