So’nggi yangiliklar

00:16Миржалол Қосимов: "Чемпионлик масаласи ҳалми? Мўжиза бўлмайди дейишади, аммо ҳамма нарса рўй бериши мумкин"  0 00:00Лига 1. ПСЖ ва "Ренн" Парижда ўзаро куч синашмоқда (онлайн ҳисоб)  0 23:45А Серия. "Милан" ўз майдонида "Лечче"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  0 23:43Александр Крестинин: "Иккала жамоа ҳам биттадан гол урди, лекин ОКМК ғалаба қозонди"  1 23:22"Локомотив" баёнот билан чиқди  0 22:30"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини "Жар" стадионида ўтказилади  11 22:05Абдесаммад Муҳаммад: "Франция ўз тарихида биринчи маротаба мундиалда иштирок этмоқда, аммо бизда қўрқув йўқ"  0 22:00Суперлига. "Сивасспор" ва Турғунбоев ўз майдонида "Истанбул Башакшехир"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  0 21:36Таиланд терма жамоаси аъзоси: "Франциялик футзалчилар бақувватроқ ва гавдаси йирикроқ эди"  0 21:36Футзал бўйича ЖЧ. Ўзбекистонлик Анатолий Рубаков бош ҳакамлик қилган ўйинда Аргентина Хорватияни ютди ва энди чорак финалда Қозоғистонга рақиблик қилади  0 21:26ҚПЛ. "Ордабаси" ўз уйида "Турон"ни қийинчиликсиз мағлуб этди. Яхшибоев ва Умаров эса...  0 21:10Сўнгги дақиқалардаги қизил карточка ва бекор қилинган гол: ОКМК "Локомотив"ни мағлуб этди   28 21:06"Атлетико" қўшиқчи қизнинг сўзлари сабаб унинг "Метрополитано"даги иштирокини бекор қилди  2 20:21Франция терма жамоаси дарвозабони: "Парагвай билан ҳисоб китобимиз бор"  0 20:08Жамшид Саидов: “Зиммамиздаги вазифани бажармасак, исталган ўйин мен учун охиргиси бўлиши мумкин”  1

"Neftchi"ning ishi" o'zbek futbolini dunyoga mashhur qildi Yangiliklar

"Neftchi"ning ishi" o'zbek futbolini dunyoga mashhur qildi

Teglar :  NeftchiTuron
Kecha, 1 dekabr kuni "Neftchi" hamda "Turon" o'rtasidagi Superligaga yo'llanma beruvchi bahsning yakunida ahmoqlik yuz berdi.

Bu haqida hamma eshitgan yoki hech bo'lmasa ijtimoiy tarmoqlardagi "taekvondo uslubi" videosini ko'rgan bo'lsa kerak. Vaziyatdan bohabar bo'lmaganlar uchun voqea aslida qanday bo'lganini takrorlab o'taman.

"Neftchi" va "Turon" Pro Liganing so'nggi turida o'zaro to'qnash keldi. "Neftchi" ushbu bahsda durangga erishsa ham Superligaga chiqardi, "Turon"ni esa faqat g'alaba qoniqtirardi. Uchrashuvning 13-daqiqasida bosh hakam "Neftchi" darvozasiga penalti belgiladi va xushtakdan keyin sodir bo'lgan janjal sababchilarini sariq kartochka bilan jazoladi. Bahsni SHavkat Nasibullaev boshqarayotgan edi. Bir paytlar "Paxtakor" va O'zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan, hozirda "Turon" safida to'p tepayotgan Javohir Sohibov 11 metrlik jarimadan gol ura olmadi, aniqrog'i "Neftchi" posboni seyv ijro etdi. Taym gollarsiz yakun topdi.

Ikkinchi taym ham xuddi birinchisidagidek keskin kurashlarga boy bo'ldi va "Turon"ning omadi keldi. 81-daqiqada Asilbek Qayumov mehmon jamoani hisobda oldinga olib chiqdi. Bir qancha vaqtdan so'ng "Turon" futbolchisi o'z jarima maydonchasida to'pni qo'li bilan o'ynagandek ko'rindi, ammo hakam penalti belgilamadi va to'g'ri qildi. Takroriy lavhada qo'l bilan o'yin bo'lmaganiga ishonch hosil qildik. Bahsning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi. "Neftchi" gol ura olmadi va bahs "Turon"ning g'alabasi hamda Superligaga yo'llanma olishi bilan yakun topdi. O'yin tugashi bilan "Neftchi" futbolchilari Nasibullaev boshchiligidagi hakamlar brigadasiga etiroz bildirishni boshladi va kutilmaganda maydonga mag'lubiyatdan ko'zi qonga to'lgan muxlislar tushib ketishdi. Futbolchilar va ishqibozlar bir-birining agressiyasidan "ilhom olib" hakamni do'pposlay boshlashdi va mezbon jamoa futbolchisi SHavkat Nasibullaevga taekvondo uslubida zarba berdi. Bahs mana shunday janjal bilan yakunlandi. So'nggi malumotlarga ko'ra, IIB xodimlari bir necha ishqibozni qo'lga olibdi va janjal ishtirokchilari qilmishiga yarasha jazo oladi.

Yana bir malumot, "Neftchi" - "Turon" uchrashuvidan bir necha kun oldin Superliga uchrashuvlarida ishlagan 3 hakam kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgani uchun O'FA tomonidan jazolangani ham farg'onalik futbolchi va muxlislarning agressiyasi ortishiga sabab bo'lishi mumkin.

Ushbu voqea bu olamda o'zbek futboli ham borligini bildirib qo'ydi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video tezda ommalashib ketdi. Uchrashuv yakunlanganidan bir necha soat o'tib MDH mamlakatlari futbolini yorituvchi mashhur saytlar ushbu voqeaga etibor qaratib, turli sarlavhalar bilan xabarlar, maqolalar elon qilishni boshlashdi.

TSN.UA (Ukraina): "Hakamlarni do'pposlashdi: O'zbekistonda o'yindan keyin ommaviy mushtlashuv bo'lib o'tdi".

RIA.RU (Rossiya): "O'zbekistondagi futbol o'yini ommaviy mushtlashuv bilan yakun topdi".

SPORT.UA (Ukraina): "Sakrab tepish: O'zbekistonda muxlislar va futbolchilar maydondagi hakamni savalashdi".

CHAMPIONAT.COM (Rossiya): "O'zbekistonda futbol o'yinidan so'ng janjal sodir bo'ldi".

SPUTNIK.KG (Qirg'iziston): "Futbolchi hakamni sakrab tepdi - O'zbekistondagi futbol o'yini tartibsizlikka aylanib ketdi".

Bu hali boshlanishi... Tez orada ingliz, ispan, nemis nashrlari ham yigitlarni va futbolimizni "maqtay" boshlashadi.


CHet el OAVni chetga surib turaylik, O'zbekistonning o'zidagi futbolga umuman qiziqmaydigan insonlar ham ushbu janjal haqida gapira boshlashdi va qulog'imga ajoyib gaplar chalindi: "Anavi hakamni tepgan videoni ko'rdingmi, futbolimiz yana qiziqarli bo'lyaptimi? Ana endi stadiondan futbol ko'rsak bo'ladi". Qora PR (salbiy reklama) har qanday super reklamadan ustun ekanligini yaxshi bilsangiz kerak. "Neftchi" vakillari va muxlislarining "qilig'i" o'zbek futbolini uyg'otgandek bo'ldi. Har yomonning bir yaxshisi bor deganlaridek, endi ichki chempionat o'yinlariga bo'lgan qiziqish ortdi. Bu uchun "Neftchi"ga rahmat, ammo hakamga qo'l ko'targanlar jazolanishi tarafdoriman.

Muallif : Aslanov Jasurbek
Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика