So’nggi yangiliklar

18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  0 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  2 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  1 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  9 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  2 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  1 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  4 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  7 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5

Neftchida ukrainalik murabbiy ish boshladi Yangiliklar

Neftchida ukrainalik murabbiy ish boshladi

Neftchi ukrainalik murabbiy Andrey Annenkov bilan shartnoma imzoladi.

«O'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan jamoamizda ukrainalik tajribali murabbiy Andrey Annenkov yordamchi sifatida Vitaliy Levchenko bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.

Andrey Annenkov mehnat faoliyatini 1986 yil «Avangard» Kursk klubida boshlagan. Keyingi ikki yilni ukrainalik mutaxassis «Iskra» (Smolensk) jamoasida o'tkazdi.

1990 yilda u «Dinamo» Kiev taklifini qabul qildi va ikki yil Kievda ishladi. Shuningdek, Andrey Annenkov Ukraina terma jamoasida ham faoliyat yuritgan murabbiylardan hisoblanadi.

Andrey Mixayilovich Annenkov 2007 yildan Kievning «Arsenal» klubi yoshlar jamoasida faoliyatini boshladi. Turli toifadagi jamoalarda yaxshi natijalarga erishgan murabbiy 2014/15 yilgi mavsumda «Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanadi.

2019 yilda Ukraina U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Petrakov shtabida ishlab, yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibiga aylandi. Mazkur turnirda yuksak natijani qo'lga kiritganligi munosabati bilan mutaxassis Ukraina jismoniy tarbiya va sport ishchisi unvoni bilan taqdirlanadi.

2021/22 yil mavsumida u Odessaning «Chernomorec» klubi murabbiylar shtabiga qo'shiladi.

2021 yil avgust oyida Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Petrakovga yordamchi murabbiy bo'lib ishga kirishadi.

Andrey Mixaylovich Annenkovning so'nggi ish joyi esa Armaniston milliy terma jamoasi bo'ldi. Murabbiy u erda ham Aleksandr Petrakov bilan hamkorlikda yordamchi murabbiy bo'lib faoliyat olib bordi»- deyilgan «Neftchi» matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan xabarda.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика