So’nggi yangiliklar

02:15АПЛ. "Ноттингем Форест" "шпорлар"ни мағлуб этди ва ЧЛ йўлланмаси учун курашни давом эттирмоқда  0 02:11"Авелино" лаънатланган клубми? Нега ҳар сафар улар лигани ўзгартирса Рим Папалари вафот этади?  0 00:54Агар "Реал" "Барселона"га мағлуб бўлса, кейинги баҳсда жамоани бошқа мураббий бошқаради  4 00:11Февзи Давлетов: "Ҳар икки жамоа ҳам ғалаба учун курашди"  2 23:53Чемпионшипнинг икки жамоаси муддатидан аввал АПЛ йўлланмасини қўлга киритди  4 23:32Сергей Лушан: "Бугунги ўйинда дуранг ҳам эҳтимол адолатдан бўлмасди"  6 22:47Эрон. Машарипов жамоаси ўз уйида очко йўқотди  2 22:00Суперлига. "Сурхон" фойдаланилмаган пенальти ва иккита гол ҳисобланмаган ўйинда "Навбаҳор"ни мағлуб этди   85 20:15Ўзбекистон терма жамоаси Тошкентга етиб келди  10 19:56"Қўқон-1912" ивуарлик футболчи билан шартномани бекор қилди  3 19:40Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ БААга эртароқ йўл олади  18 19:20Тошкент халқаро аэропорти Ўзбекистон U-17 термасини кутиб олиш маросимига шай!  12 19:07Суперлига. "Сурхон" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  10 18:39"Реал" "Арсенал" футболчиси учун рекорд даражадаги таклиф тайёрламоқда  6 18:15Ўзбекистон Кубоги. 2-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  0

"Neftchi"da muammo bormi yoxud Gubanovning intervyusiga nazar Yangiliklar

"Neftchi"da muammo bormi yoxud Gubanovning intervyusiga nazar

Kuni kecha axborot hamkorimiz "Futbol Ekspress" gazetasida "Neftchi"da bo'lgan o'zgarishlardan keyin farg'onaliklarning murabbiylar shtabidan o'rin olgan selekcioner-murabbiy Noil Gubanov bilan intervyu chiqdi.
Quyida intervyuning qisqacha ko'rinishini o'quvchilarga taqdim etamiz.

"Barcha ishlar bir maqsad sari yo'naltirilmadi. Ijobiylikdan ko'ra salbiylik ko'proq ko'zga tashlandi. "Neftchi" azolari o'ziga xos tarzda tushunarsiz futbol o'ynashda davom etdilar. Jamoa tepasiga kelgan mutaxassislar qanday darajada ekanliklarini ko'rsatib qo'yishdi.

Amet bilan o'zaro suhbatlashganimizda kamchiliklarini aytib, hozirgi kunda bunday futbol o'ynamasliklarini bayon etdim. Futbolchilarning imkoniyatlaridan 60-70%ga foydalanildi, xolos. Memetning hozirgi zamon futboliga bo'lgan qarashlari ancha eskirgan. Bu haqda klub rahbari Mirzaboevga ham aytgandim. Quloq solib ham qo'ymadi", - deya jamoaning o'yin uslubiga etiroz bildiradi Gubanov.

"Neftchi" qo'lga kiritgan g'alabalarni shubhaga olgan Gubanov shunday deydi:
-  Jamoa oldiga 5-o'rinni olish vazifasi qo'yilgandi. Barcha yangi o'yinchilarni o'zlari taklif etishdi. Memetdan qaysi jihatlarga ko'proq etibor qaratayotganligini so'radim. Mutaxassis esa javob tarzida 2-3ta familiyani keltirib yanglishganligiga iqror bo'ldi. Jamoaning kelajagi haqida qayg'urilmadi. SHuningdek, oliy ligadagi ayrim "saxiy" jamoalardan minnatdor bo'lishlari kerak. Kamida 4ta uchrashuvda raqiblarning jiddiy qarshiligi kuzatilmadi. Buni stadionga kirgan ishqiboz ham bildi. Agar 4ta "saxiy" jamoaning "tortig'i" bo'lmaganida nima qilishardi? Qissadan hissa shuki, Memet boshchiligidagi murabbiylar shtabi yuksak vazifalarni bajarishga qodir emasliklarini ko'rsatib qo'yishdi.

Muallifning, "balki, o'zingiz murabbiy bo'lishni maqsad qilayotganingiz uchun shunday gaplarni aytayotgandirsiz?" degan savoliga mutaxassisning javobi quyidagicha bo'lgan:
- Yil boshida shunday taklif tushganida rad javobini bergan bo'lardim. Ancha vaqt chetda yurib nimagadir erishishimga ishonmasdim. Jamoaga qaytib voqealar rivojini kuzatgach, hech nima o'zgarmaganiga amin bo'lmoqdaman. Nima, harakat qilsam eplab ketishim mumkin.

"Hozir o'qib, murabbiylik licenziyasini qo'lga kiritishmoqda, ammo kalla bo'm-bo'sh. Klub tepasiga ko'proq shundaylarni jalb etishyapti", - deydi murabbiy.

Hozirgi murabbiylar shtabi kelasi mavsumda ham faoliyat olib borsa, "Neftchi"ning kuchli oltilikka arang kirishini bashorat qilgan Noil Gubanov, Sarkisyan davrida ham ichki holat yaxshi bo'lmaganligini aytgan. "Viloyat futbolini ipidan ignasigacha bilaman. Sarkisyan davrida bizga ishonch bildirilmagan. Farg'onadan boshqa joylardagina bizga ishlashga imkon bor edi. Qandaydir qog'ozdagi chalkashlikni bahona qilishib, 42 yoshimda hatto faxriylar tarkibida maydonga tushishimni ham taqiqlab qo'yishgan. Sarkisyan davridagidan ham ichki holat biroz yomonlashgan deb ayta olaman. Sarkisyan yoshi ulg'aygach, charchagani bilinib qolgandir. Hozirgi murabbiylarning darajasi bundan ortig'iga yaramaydi.

Noil Gubanov gapining so'nggida "Ushbu intervyudan keyin jamoada qola olmasligimni tushunib turibman", - deya fikrlarini tugatgan.

Abdulhafiz Abdulaziz o'g'li suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика