So’nggi yangiliklar

22:15Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Шри-Ланкани 10:0 ҳисобида тор-морт эди. Нилуфар Қудратовадан "покер"  1 21:55Суперлига. "Бухоро" камбек амалга ошириб, "Шўртан"ни мағлуб этди   11 21:18Моуриньюга "Манчестер Сити" ҳимоячиси керак  0 20:56"Бунёдкор" суперкамбэк эвазига "Сўғдиёна"ни мағлуб этди  15 20:20Абраҳам "Рома"га қайтди  1 20:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Интер Майами" учрашувининг асосий таркиблари маълум!  72 19:27Юрген Клопп: "Ғалати эшитилиши мумкин, энди мураббийлик қилишни истамайман"  4 18:49"Челси" янги стадион қурмоқчи  1 18:27Суперлига. "Бунёдкор" - "Сўғдиёна" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 17:59"Барселона" де Йонг билан келишиб олди  0 17:21Дезире Дуэ "Интер Майами"га қарши ўйин олдидан: "Бу турнирда фақатгина энг кучлилар ўйнайди. Хато қилишга ҳаққимиз йўқ"  6 16:57"Челси" келаси ҳафтада янги трансферни эълон қилиши кутилмоқда  5 16:20"Шўртан" бугун 10 йиллик "қора анъана"га чек қўядими?  2 15:58ПСВ "Манчестер Юнайтед" футболчисини сотиб олмайдиган бўлди  1 15:21Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди  8

"Neftchi" yangi futbolchilarni tanishtirdi FOTO Yangiliklar

"Neftchi" yangi futbolchilarni tanishtirdi FOTO

Farg'onaning "Neftchi" jamoasi yangi futbolchilarni tanishtirib o'tdi. Tanishtiruv marosimi Qirgulidagi "Neftchi SK" maydonida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda yangi o'yinchilar va jamoaning ashaddiy muxlislari qatnashdilar. Uchrashuvning boshida jamoa raisi Toxir Kapadze so'zga chiqdi.
- Avvalambor assalomu alaykum. Bugun sizlar bilan to'planishimizdan maqsad, yangi o'yinchilarni tanishtirib o'tishdan iborat. Biz bu uchrashuvni ikkinchi davra avvalida qilmoqchi edik, lekin jamoani yangi liboslari tayyor bo'lmaganligi sababli keyinroq o'tkazishga majbur bo'ldik. Hozirda jamoa 3 nafar o'yinchi bilan shartnoma imzoladi. Farg'ona futboli tarbiyalanuvchisi Otabek Isroilovni jamoaga qaytardik, "Olmaliq"dan Adrian Kashkavalni va "Paxtakor"dan Abdumavlon Abdujalilovni taklif qildik. Bu o'yinchilarni hozirgi holatimizdan kelib chiqib qo'shib oldik. Isroilov va Kashkaval bilan 4 oylik shartnomalar tuzildi. Abdujalilovni transferini esa "Paxtakor"dan sotib oldik va 2,5 yillik shartnoma imzoladik. Ular bizning ishonchimizni oqlashlari tilakdoshiman.

SHundan keyin yangi o'yinchilarga raqamlar topshirildi. Adrian Kashkavalga 27-raqamni, Otabek Isroilovga esa 26-raqamlarni topshirildi. Futbolkalarni qabul qilib olgan futbolchilar so'zga chiqishdi.
Adrian Kashkaval: - Men davralar oralig'ida yaxshi jamoaga o'tdim deb o'ylayman. "Neftchi" jamoasi o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan jamoa. SHu sababdan ham shu jamoani tanlashga qaror qildim. Xudo xohlasa chiroyli o'yinlar orqali muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz. Mavsum yakunida sovrinli o'rinlardan birini egallashga urinamiz.
Otabek Isroilov: - "Neftchi" jamoasiga qaytganimdan baxtiyorman. Jamoaga qo'ldan kelgancha yordam beraman. Xudo xohlasa medallar uchun kurashamiz va buning uchun jonimizni ham berishga tayyorman. Tadbir davomida bosh murabbiy Murod Ismoilov, o'yinchilardan Mansur Saidov va Jaxongir Mehmonovlar muhlislar qiziqtirgan savollarga javob berdilar. Uchrashuv qizg'in savol-javob tarzida bo'lib o'tdi.



















Komiljon Ikromov
Foto: Islombek Rustambekov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика