"Neftchi" yangi futbolchilarni tanishtirdi
24 fev 20:20
Yangiliklar
"Neftchi" yangi futbolchilarni tanishtirdi
Avvalgi yillardan farqli ravishda, bu safar yangi azolarni tanishtirish shunchaki sahna va rasmiy taqdimot bilan cheklanib qolmadi. Marosim avvalo mehr-shafqat va insonparvarlik g'oyalari asosida o'tkazildi. Yangi futbolchilar nogironligi bo'lgan bolalar bilan birga sahnaga chiqib, shaxsiy raqam tushirilgan futbolkalarni bevosita ularning qo'lidan qabul qilishdi. Bu esa tadbirga alohida samimiyat va tasirchanlik bag'ishladi.
Tadbir doirasida “Mehr bilan kuchlimiz” va “Biz birgalikda kuchmiz” shiorlari ostida jamoa va bolalar bir ovozdan chiqish qilishdi. Shuningdek, futbolchilar master-klass ko'rsatishlari, bolalar bilan esdalik suratlari va sovg'alar ulashish jarayonlari tashkil etildi.
Ayniqsa, hozir muborak Ramazon oyi munosabati bilan xayriya va ehson tadbirlari o'tkazilgani marosimning eng muhim jihatlaridan biri bo'ldi. Qurbonlik amalga oshirilib, nuroniylar va tarbiyalanuvchilar ishtirokida duo-fotihalar qilindi. Iftorlik dasturxoni yozilib, futbolchilar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari shaxsan tarqatildi. Nuroniylarni iftorlikka kuzatib kirish va ular bilan bir dasturxon atrofida suhbat qurish jarayonlari tadbirga chuqur manaviy mazmun baxsh etdi.
Bu galgi tanishtiruv marosimi nafaqat yangi futbolchilarni taqdim etish, balki jamoaning ijtimoiy masuliyati, insonparvarlik qadriyatlari va xalq bilan birga ekanini namoyon etgan muhim voqeaga aylandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Расман: Престианни дискриминацион хатти-ҳаракат сабаб "Реал"га қарши навбатдаги ўйинда иштирок этмайди
Андижон вилояти ҳокими: "Андижон” бу йили энг камида учталикка киради"
Fikrlar
Nefchidan xamma xursand shod
Molodes zur taqdimot bupti tasanno